Yusufning saroyiga kelganlaridan keyin u ota-onasini oʻz taxtiga chiqardi va hammasi unga sajda qilgan hollarida yiqildi. Yusuf otasiga: “Ey otajon, mana shu qirq yil avval koʻrgan tushimning taʼbiridir. Robbim uni haqiqatga chiqardi. Darhaqiqat, U zindondan chiqargan payt menga yaxshilik qildi. Shayton men bilan akalarim orasini buzib ig‘vo qilganidan keyin mana sizlarni sahrodan Misrga eson-omon holingizda keltirdi. Albatta, Robbim xohlagan narsani lutf qiluvchidir. Shubhasiz, U hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir”, – dedi.

