Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
Siz qidirgan هُم masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 401 ta oyat mavjud.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Insonlar orasida oʻzlari moʻmin boʻlmaganlari holda yolg‘ondan, “Biz Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik”, – deydigan kimsalar ham bor.
Ogoh boʻling, ey moʻminlar, aynan ularning oʻzlari fasod tarqatuvchi kimsalardir. Lekin oʻzlari buzg‘unchi ekanliklarini sezmaydilar.
Qachonki ularga: “Odamlar iymon keltirganidek sizlar ham iymon keltiringlar”, – deb aytilsa, ular: “Biz aqli past kimsalar iymon keltirganiga oʻxshab iymon keltiramizmi?” – deb aytadilar. Yana bir bor ogoh boʻlingizki, aynan ularning oʻzlari kaltafahm kimsalardir. Lekin ahmoq ekanliklarini oʻzlari bilmaydilar.
Ey Muhammad, iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan kimsalar uchun haqiqatan, tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlar muhayyo ekani haqida xushxabar bering. Har gal u yerdan bir meva ularga rizq qilib berilsa: “Axir dunyoda bunday rizq bizga oldin ham berilgan edi-ku?” – deydilar. Ularga, faqatgina u mevaning koʻrinishi oʻxshash qilib berilgan xolos. Hamda u jannat ahllari uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular jannatda mangu qoladilar.
U fosiqlar shunday kimsalarki, Allohga bergan ahdini qatʼiy iqrordan keyin buzadilar, Alloh bog‘lanishiga buyurgan islomiy-axloqiy, qarindosh-urug‘chilik, doʻstlik kabi rishtalarni uzadilar va Yer yuzida fasod tarqatib yuradilar. Ana shunday kimsalar ziyon koʻruvchilardir.
Biz: “Endi hammangiz jannatdan tushinglar. Qachonki sizlarga Men tarafdan hidoyat boʻlmish din, kitob yoki payg‘ambar kelgach, kim yuborgan hidoyatimga ergashsa, demak, qiyomat kunida ularga hech qanday xavfu xatar boʻlmaydi va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar”, – dedik.
Biroq kufr keltirgan hamda oyatlarimizni inkor qilib, yolg‘onga chiqargan kimsalar esa, doʻzax egalari boʻlib, ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Bir nafs egasi boshqasi uchun hech narsa toʻlab berolmaydigan, hech kimdan shafoat qabul qilinmaydigan, qilgan gunohlari uchun badal olinib, evaziga ozod qilinmaydigan, birov tomonidan ular uchun yordam berilmaydigan qiyomat kunidan qoʻrqinglar.
Shubhasiz, iymon keltirgan kimsalar, yahudiy dinida boʻlganlar, nasroniy dinida boʻlganlar hamda sobiiylar deb atalgan eʼtiqodda boʻlganlardan, kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan boʻlsalar, ular uchun Robbilari tarafidan ajrlari bordir. Unday zotlar uchun oxiratda hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Ey musulmonlar, bani Isroil avlodlarini sizlarga ishonishiga umid qilyapsizlarmi?! Darhaqiqat, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshita turib, uni fahmlab olganlaridan keyin ham, oʻzlari bilib turib, atayin uni oʻzgartirar edilar.
Ularning orasida Tavrot kitobini bilmaydigan, faqat xomxayollar qiladigan savodsizlari ham bor. Ular gumonlarga koʻra harakat qiladilar xolos.
Yoʻq, aslo unday emas! Kimda-kim yomonlikni oʻziga kasb qilsa va qilayotgan xatolari uni har tomondan qamrab olsa, ana oʻsha kimsalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Ammo iymon keltirib, solih amallarni qilgan kimsalar esa, aynan oʻshalar jannat egalaridir. Hamda ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Ana shunday zolim kimsalar abadiy oxiratni unutib, uning oʻrniga oʻtkinchi dunyo hayotini sotib olgandirlar. Modomiki shunday ekan, ulardan azob yengillatilmaydi hamda ularga oxiratda jazodan qutulish uchun yordam berilmaydi.
Shuningdek, yahudiylar Sulaymonning hukmronligi va koʻrsatgan moʻʼjizalari toʻg‘risida shaytonlarning uydirmalariga va oʻqib bergan sehr jodulariga ergashib ketdilar. Sulaymon aslo sehr qilib kufr keltirmagan, aksincha, odamlarga sehr-joduni hamda Bobil shahridagi Horut va Morut nomli farishtalarga tushirilgan ilmu amallardan taʼlim beradigan shaytonlar va jinlar kufr keltirganlar. Holbuki, u ikki farishta: “Bizlar faqatgina sizlar uchun bir sinovmiz xolos va bu ilm sababli kufr keltirib qoʻyma”, – deb aytmagunlaricha hech kimga u ilmdan biror narsani oʻrgatmas edilar. Bas, yahudiylar Allohning u ikki farishtasidan er-xotinning oʻrtasini buzadigan ilmu amallarni oʻrganar edilar. Lekin ular bu ilm bilan Allohning iznisiz hech kimga zarar yetkazuvchi boʻla olmasdilar. Aslida esa ular oʻzlariga zarar keltiradigan va foyda bermaydigan narsalarni oʻrganar edilar. Ular Allohning kitobini dunyo manfaati uchun sehr-joduga almashib, uni sotgan kimsalarga oxiratda hech qanday nasiba yoʻqligini juda yaxshi bilar edilar. Oxiratdagi ulushlaridan ayrilib, oʻzlarini naqadar bir yaramas narsaga sotganlarini bilsalar edi!
Yoʻq, kimda-kim ezgulik qilgan holida oʻzini Allohga taslim qilsa, uning uchun Robbisi huzurida mukofoti bordir. Hamda ularga oxirat kunida hech qanday xavfu xatar yoʻq va ular g‘am-tashvish ham chekmaydilar.
Yahudiylar: “Nasroniylar dinlarida haq boʻlgan narsada emaslar”, – deganlar. Xuddi shuningdek, nasroniylar ham: “Yahudiylar dinlarida haq boʻlgan narsada emaslar”, – deganlar. Vaholanki, ular aniq haqiqatni Tavrot va Injil kitobidan tilovat qilar edilar. Kitobdan xabari yoʻq, johil, bilmaydigan kimsalar ham, ularning gapiga oʻxshash gapni aytganlar. Alloh ular tortishayotgan narsalari haqida qiyomat kuni oralarida hukm qiladi.
Biz ularga bergan Tavrot va Injil kitobini buzmay, uni toʻg‘ri tilovat qiladigan kimsalar ham bordir. Ana oʻsha zotlar unga, yaʼni Qurʼon va Muhammadga iymon keltiradilar. Kimda-kim uni inkor qilsa, demak, ana oʻshalar ziyon koʻruvchilardir.