قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ ۛ أَرْبَعِينَ سَنَةً ۛ يَتِيهُونَ فِي الْأَرْضِ ۚ فَلَا تَأْسَ عَلَى الْقَوْمِ الْفَاسِقِينَ
Alloh ularga: “Shubhasiz, endi ular muqaddas zaminga kirishdan qirq yilga mahrum boʻldilar. Shuningdek, ular u yerdagi choʻllarda sarsonu sargardon boʻlib adashib yuradilar. Sen bu fosiq qavmlarning holi uchun g‘am yemagin”, – dedi.

