فَالْتَقَطَهُ آلُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَجُنُودَهُمَا كَانُوا خَاطِئِينَ
Bas, Musoning onasi uni daryoga tashlagach, firʼavn xonadoni uni ulg‘ayganda oʻzlariga dushman va tashvish boʻlishi uchun tutib oldilar. Albatta, firʼavn, Homon va ularning lashkarlari xato qiluvchi boʻlgan edilar.

