وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الْمَحِيضِ ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَاعْتَزِلُوا النِّسَاءَ فِي الْمَحِيضِ ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ
Ey Rasulim, sizdan ayollarning hayz holati toʻg‘risida soʻraydilar. Ularga: “U holat er va xotin uchun koʻngilsizlik va aziyatdir”, – deb ayting. Demak, hayz holatida ayollaringizdan uzoq turinglar va poklanmagunlaricha ularga jinsiy aloqada boʻlib yaqinlashmanglar. Vaqti kelib toza boʻlganlaridan keyin Alloh sizga amr qilib, halol qilgan tarafdan ularga yaqin kelaveringlar. Albatta, Alloh koʻp tavba qiluvchilarni va poklikda bardavom boʻlganlarni yoqtiradi.

