Ey iymon keltirganlar, namoz oʻqishga turmoqchi boʻlsangizlar, oldin yuzlaringizni yuvinglar. Keyin qoʻllaringizni tirsaklarigacha yuvinglar. Soʻngra boshlaringizga mash tortib, oyoqlaringizni toʻpiqlarigacha yuvinglar. Agarda junub holda yuvuqsiz boʻlsangiz, unda g‘usl qilib choʻmilinglar. Agar bemor yo safarda boʻlib yoki sizlardan biringiz hojatxonadan qaytib, yoxud ayollarga yaqinlik qilgandan keyin suv topa olmasangiz, u holda toza tuproq jinsidan boʻlgan narsalarni niyat qilib, tayammum qilinglar. U tuproq bilan yuzlaringiz va qoʻllaringizga surtib mash tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik qilishni xohlamaydi, aksincha, sizlarni poklash va shukr qilishingiz uchun sizlarga Oʻz neʼmatini toʻla-toʻkis qilib berishni istaydi.

