Biz payg‘ambarlarni faqat jannatdan xushxabar beruvchi va doʻzaxdan ogohlantiruvchilar qilib yuboramiz. Kufr keltirganlar esa botil hujjatlar bilan tortishadilar. U bilan haqiqatni yengmoqchi boʻladilar hamda oyatlarimni va oʻzlari ogohlantirilgan oxirat azobini masxara qilib oladilar.

