Ey iymon keltirganlar, musibatlarga sabr qilinglar, sabrda bardavom boʻlinglar va Alloh yoʻlida bel bog‘lab turinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangiz.
Siz qidirgan ر ب ط masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
va jangga tayyor, hushyor bo'ling, va (bir-biriga) bog'lash uchun, va jihod uchun bog'lab boqilgan, va matonat bog'lagandik, biz yaxshilab mustahkamlab qo'ygandik
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey iymon keltirganlar, musibatlarga sabr qilinglar, sabrda bardavom boʻlinglar va Alloh yoʻlida bel bog‘lab turinglar. Hamda Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangiz.
Oʻsha payt sizlarni Oʻz huzuridan omonlik boʻlsin deb, yengil uyquga choʻmdirgan edi. Hamda u bilan sizlarni pokiza qilish, shaytonning nopokliklarini ketkazish, qalb rishtalaringizni oʻzaro bog‘lash va qadamlaringizni mustahkam qilish uchun osmondan suv yog‘dirganini eslanglar.
Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha harbiy kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyor qilib qoʻyinglar, bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydigan, lekin Alloh biladiganlarni ham qoʻrqitasiz. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizga toʻla-toʻkis qilib adolat bilan qaytariladi va sizlarga zulm qilinmaydi.
Biz ularning qalblarini iymon bilan quvvatlantirdik. Oʻshanda ular zolim shoh qarshisida turib: “Bizning Robbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Undan boshqa Ilohga aslo iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq soʻzni aytgan boʻlamiz”, – dedilar.
Musoning onasi oʻg‘lining daryoda oqib ketganini koʻrgach qalbi boʻshashib qoldi. Agar "Biz uni senga qaytaramiz”, degan vaʼdamizga iymon keltiruvchilardan boʻlishi uchun uning koʻnglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, uni oʻz oʻg‘li ekanini bildirib qoʻygan boʻlar edi.