Oqibatda ularni qattiq zilzila tutdi va turgan joylarida tiz choʻkib qotib qoldilar.
Siz qidirgan ر ج ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 8 ta oyat mavjud.
o'sha zilzila, o'sha dahshatli zilzila, zilzila, zilzila, yomon xabar yoyuvchilar, silkinadi, silkitadi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oqibatda ularni qattiq zilzila tutdi va turgan joylarida tiz choʻkib qotib qoldilar.
Oqibatda ularni qattiq zilzila tutdi va turgan joylarida tiz choʻkib qotib qoldilar.
Muso tayin qilgan vaqtimizga kelish uchun qavmidan buzoqqa sig‘inmagan yetmish kishini tanlab oldi. Shunda ularni shiddatli zilzila tutdi. Keyin Muso: “Ey Robbim, agar istasang edi, ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan boʻlarding. Nahotki oramizdagi baʼzi bir nodonlarning qilmishlari tufayli bizlarni halok qilasan?! Albatta, bular Sening bizga bergan sinovingdir. Sen u sinov bilan xohlagan kishingni yoʻldan adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyatga boshlaysan. Yolg‘iz Sen bizlarning egamizsan. Shunday ekan, bizlarni kechir va bizlarga rahm qil. Sen mag‘firat qiluvchilarning eng afzalisan”, – dedi.
Ular Shuʼaybni yolg‘onchiga chiqarishdi. Shundan keyin ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida murdaga aylanib tiz choʻkib qoldilar.
Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
U kunda Yer va tog‘lar larzaga keladi va tog‘lar toʻkilib ketuvchi qumtepalarga aylanib qoladi!
U kunda sur birinchi marta chalinishi bilan larzaga keluvchi yer titraydi.
U kunda sur birinchi marta chalinishi bilan larzaga keluvchi yer titraydi.