وَقَالَ إِنَّمَا اتَّخَذْتُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْثَانًا مَوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُمْ بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُمْ بَعْضًا وَمَأْوَاكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ نَاصِرِينَ
Ibrohim ularga: “Sizlar faqat oʻtkinchi dunyo hayotidagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohdan boshqa butlarni iloh qilib oldingiz. Soʻngra qiyomat kunida baʼzi yoʻlboshchilaringiz baʼzi ergashuvchilaringizdan tonadi, ayrimlaringiz ayrimlarini laʼnatlaydi. Borar joyingiz doʻzax boʻlib, u joyda sizlarga yordam beruvchilar boʻlmaydi.

