فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ قَتَلَهُمْ ۚ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ رَمَىٰ ۚ وَلِيُبْلِيَ الْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلَاءً حَسَنًا ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Ularni jangda siz oʻldirmadingiz, balki ularni Alloh oʻldirdi. Ey Muhammad, ularga qarata yuziga qoʻlingizdagi bir siqim tuproqni otgan paytingizda, siz otmadingiz, balki uni Alloh otdi hamda Oʻz tarafidan g‘alabani moʻminlarga chiroyli lutf boʻlsin, deb qildi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.

