وَمَا آتَيْتُمْ مِنْ رِبًا لِيَرْبُوَ فِي أَمْوَالِ النَّاسِ فَلَا يَرْبُو عِنْدَ اللَّهِ ۖ وَمَا آتَيْتُمْ مِنْ زَكَاةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ اللَّهِ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُضْعِفُونَ
Odamlarning mol-mulki ichida ziyoda boʻlib qaytishi uchun bergan ribolaringiz, Alloh nazdida hech narsani ziyoda qilmaydi. Aksincha, Allohning roziligini istab bergan zakotingizning ajri koʻpaytirilib beriladi. Bas, aynan oʻshalar ajrlarini koʻpaytiruvchilardir!

