Ey Muhammad, sizdan qiyomatning qachon qoim boʻlishi haqida soʻraydilar. Ularga: “Uning ilmi, faqat Robbimning huzuridadir. Qiyomat vaqti kelganda faqat Uning Oʻzi oshkor qiladi. Qiyomatning dahshati osmonlaru Yerga og‘ir keladi. Sizlarga u toʻsatdan kelib qoladi”, – deb ayting. Sizdan u haqida goʻyo xabardordek soʻrashadi. Ularga qarata: “Shubhasiz, qiyomatning ilmi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar”, – deb javob bering.

