أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ ۖ فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ ۗ قُلْ لَا أَسْأَلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَالَمِينَ
Ana u payg‘ambarlarning barchalari Alloh hidoyatga boshlagan zotlardir, siz ham ularning yoʻllariga ergashing. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun biron bir haq talab qilmayman. Bu Qurʼon butun olamlar uchun faqat bir eslatmadir xolos”, – deb ayting.

