وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِنَ الْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَادِهِمْ شُرَكَاؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ۖ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ
Shunday qilib, sherik qilgan butlari mushriklardan koʻpini halokatga uchratish va dinlarini chalkashtirib yuborishlari uchun bolalarini butlari uchun qurbon qilishdek jirkanch ishni chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydi. Agar Alloh xohlasa bunday qilolmas edilar. Ey Rasulim, ularni qilayotgan bu boʻhtonlarida oʻz holiga tashlab qoʻying.

