وَيَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنْفَعُهُمْ وَيَقُولُونَ هَٰؤُلَاءِ شُفَعَاؤُنَا عِنْدَ اللَّهِ ۚ قُلْ أَتُنَبِّئُونَ اللَّهَ بِمَا لَا يَعْلَمُ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ ۚ سُبْحَانَهُ وَتَعَالَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham foyda ham keltirmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Hamda: “Ana shu but va sanamlar Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Allohga osmonlar va Yerdagi bilmaydigan narsalarni bildirib qoʻymoqchimisiz?!” – deb ayting. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan munazzah va oliy Zotdir.

