Ey Muhammad, Alloh hidoyat bilan neʼmat bergan va siz ham qullikdan ozod qilish orqali inʼom qilgan shaxs Zayd ibn Horisaga: “Juftingni taloq qilishga shoshmay oʻzingda saqlagin va Allohdan qoʻrqqin”, – deb aytganingizni eslang. Alloh oshkor qiluvchi boʻlgan narsani ichingizda maxfiy tutardingiz va odamlarning ig‘vosidan qoʻrqar edingiz, holbuki, Allohdan qoʻrqmog‘ingiz haqliroq edi. Bas, qachonki, Zayd undan ehtiyojini ado etib taloq qilgach Biz sizni unga uylantirdik. Toki moʻminlarga asrandi bolalari oʻz xotinlaridan hojatlarini ado etishgach ularga uylanishlarida tanglik boʻlmasligi uchun shunday qildik. Allohning amri esa qilinuvchidir.

