Shunda Yaʼqub: “Albatta, men g‘am va tashvishlarimni yolg‘iz Allohga shikoyat qilaman va men Allohdan mehribonligi haqida sizlar bilmaydigan narsalarni bilaman”, – dedi.
Siz qidirgan ش ك و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 3 ta oyat mavjud.
arz qilaman, bir chiroqqa, va shikoyat qiluvchi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Shunda Yaʼqub: “Albatta, men g‘am va tashvishlarimni yolg‘iz Allohga shikoyat qilaman va men Allohdan mehribonligi haqida sizlar bilmaydigan narsalarni bilaman”, – dedi.
Alloh osmonlar va Yerning nuridir. Uning borliqda aks etgan nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq esa bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir durdan boʻlgan yulduzga oʻxshaydi. U chiroq sharqiy ham g‘arbiy ham boʻlmagan koinotning qoq markazidagi muborak zaytun daraxtining yog‘idan yoqiladi. Uning yog‘i musaffo boʻlganidan, garchi unga olov tegmasa ham atrofni yoritib yuborgudek boʻladi. Agar olov tegib ketsa nur ustiga aʼlo nur boʻladi. Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qiladi. Alloh odamlar ibrat olishi uchun mana shunday misollarni keltiradi. Alloh barcha narsani bilib turuvchidir.
Ey Muhammad, Alloh siz bilan eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan ayolning soʻzini eshitdi. Alloh sizlarning suhbatingizni eshitadi. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.