Mushrik va kofirlar: “Muhammad Robbisidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi”,– deydilar. Axir ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayoni boʻlgan Qurʼon kelmadimi?!
Siz qidirgan ص ح ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 9 ta oyat mavjud.
Kitoblarda, laganlarda, sahifalarida, sahifalar, daftarlar, sahifalarda ham, sahifalarida
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Mushrik va kofirlar: “Muhammad Robbisidan bizlarga biror hujjat keltirsa edi”,– deydilar. Axir ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayoni boʻlgan Qurʼon kelmadimi?!
Ularga oltindan boʻlgan laganlarda yeguliklar va qadahlarda sharoblar aylantirib turiladi. U yerda nafslar tusaydigan va koʻzlar lazzatlanadigan barcha narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qoluvchisizlar.
Yoki unga Muso sahifalaridagi narsalardan xabar berilmadimi?!
Yoʻq, ulardan har bir kimsa oʻziga ochiq sahifalar berilishini istaydi.
U oyatlar Alloh nazdida mukarram sahifalardadir.
Hamda nomai aʼmol sahifalari ochilganida,
Darvoqe, bu nasihatlar avvalgi payg‘ambarlarga nozil boʻlgan sahifalarda ham oʻtgan.
Ibrohim va Muso sahifalarida ham bordir.
U hujjat Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar boʻlib ularga pokiza sahifalarni tilovat qiladi.