Ey Rasulim, bas, siz oʻzingizga buyurilgan ishni oshkora qiling va mushriklardan yuz oʻgiring.
Siz qidirgan ص د ع masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 5 ta oyat mavjud.
ochiq ayt, bo'lak-bo'lak ajraladilar, boshlarni og'ritmaydigan, parchalangan, yoriladigan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, bas, siz oʻzingizga buyurilgan ishni oshkora qiling va mushriklardan yuz oʻgiring.
Alloh tomonidan qaytarilishi mumkin boʻlmaydigan qiyomat kuni kelmasdan oldin yuzingizni toʻg‘ri din boʻlgan Islomga tuting. Oʻsha kunda moʻminlar bilan kofirlar boʻlinib ketadilar.
U maylardan ularning boshlari ham og‘rimaydi, mast ham boʻlmaydilar.
Agar Biz ushbu Qurʼonni biror tog‘ ustiga nozil qilganimizda edi, albatta, u tog‘ni Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar edingiz. Bu misollarni odamlarga shoyad, tafakkur qilsalar deb, keltirmoqdamiz.
Yorib chiqish egasi boʻlgan Yerga qasam boʻlsin.