Barcha arkonlariga amal qilgan holda boshlagan haj va umra ibodatini Alloh uchun toʻliq ado etinglar. Agarda betoblik, qaroqchilarga yoʻliqish yoki shunga oʻxshash uzrli sabablar bilan yoʻlingiz toʻsilib qolsa, u holda qurbingiz yetgan biror bir jonliqdan qurbonlik uchun hadya qilib joʻnating. Boshdagi sochlaringizni esa hadyangiz oʻz joyiga yetib bormaguncha olmay turinglar. Bordi-yu sizlardan kimdir oʻsha payt bemor boʻlsa yoki boshidan sochini oldirmagan taqdirda aziyat boʻladigan bir sabab boʻlsa, u holda sochini oldirishi mumkin. Lekin bu ishni qilgan kimsaga roʻza tutish, sadaqa berish yoki qurbonlik soʻyishdan birortasini fidya qilib toʻlashi kerak boʻladi. Agar haj qilishga toʻsqinlik qilgan holatlardan qutulsangiz va kimki hajgacha umra ibodatidan foydalansa, yaʼni ehromdan vaqtincha chiqib, yana hajda qayta ehromga kiradigan boʻlsa, u qurbi yetgan qurbonlikdan biror jonliq soʻyishi kerak. Kimki bunga imkon topa olmasa, unda uch kun hajda va yetti kun hajdan qaytganingizdan keyin roʻza tutish kerak boʻladi. Ana oʻshanda bu toʻliq oʻn kun boʻladi. Bu hukmlar ahli-oilasining yashash joyi Masjid ul-Haromda boʻlmaganlar uchundir. Allohdan qoʻrqinglar va bilib olinglar, albatta, Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.

