قَالَتِ الْأَعْرَابُ آمَنَّا ۖ قُلْ لَمْ تُؤْمِنُوا وَلَٰكِنْ قُولُوا أَسْلَمْنَا وَلَمَّا يَدْخُلِ الْإِيمَانُ فِي قُلُوبِكُمْ ۖ وَإِنْ تُطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ لَا يَلِتْكُمْ مِنْ أَعْمَالِكُمْ شَيْئًا ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ
Aʼrobiylar: “Iymon keltirdik”, – dedilar. Ey Muhammad, ularga: “Sizlar iymon keltirganingiz yoʻq, lekin sizlar “Islomga kirdik” deb aytinglar! Chunki hali dillaringizga iymon kirmagan. Agar sizlar Allohga va Uning Payg‘ambariga itoat qilsangizlar, U sizlarga qilgan yaxshi amallaringizdan biror narsani kamaytirmaydi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir”, – deb ayting.

