Ey bani Isroil avlodlari, Biz sizdan ahdu paymoningizni olgan va ustingizda Tur tog‘ini muallaq koʻtarib turib: “Keltirgan Tavrot kitobimizni amal qilgan holda qattiq ushlanglar va undagi bor hukmlarni yodingizda tutinglar, shoyad, shunda Allohdan qoʻrqsangizlar”, – deganimizni eslanglar.

