95:1
Anjir va zaytunga qasam boʻlsin.
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 95,8 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Anjir va zaytunga qasam boʻlsin.
Siyno tog‘i bilan qasam boʻlsin.
Mana shu tinch-osoyishta Makka shahriga qasam boʻlsin.
Haqiqatan, Biz insonni eng goʻzal tuzilishda yaratdik.
Soʻngra qarigan sari, uni asfala sofilinga qaytardik.
Faqat, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga bitmas-tuganmas ajr bordir.
Bas, ey inson! Shundan keyin jazo kunini yolg‘onga chiqarishga seni nima majbur etmoqda?!
Axir, Alloh oʻsha kunda hukm qiluvchilarning eng adolatlisi emasmi?!