Tunlari ham ularning ustidan oʻtasizlar. Axir, Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qoʻrqib aql yuritmaysizlarmi?!
There are 49 verses derived from the masdar-o'zak ع ق ل you searched for.
aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylaysiz, o'ylab aql yetkazgandan keyin, Aqlingizni ishlatmaysizmi?, o'ylovchi, o'ylamaydigan, o'ylamaydilar, o'ylamaysizmi?, o'ylamoqda, o'ylashmagan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Tunlari ham ularning ustidan oʻtasizlar. Axir, Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qoʻrqib aql yuritmaysizlarmi?!
Yoki mushriklar Allohdan oʻzga shafoatchilarni ushlab oldilarmi?! Ey Muhammad, ularga: “Agar ular biror narsaga kuchlari yetmaydigan va hech narsani tushunmaydigan boʻlsalar-chi?!” – deb ayting.
U avval sizlarni tuproqdan, soʻngra bir tomchi nutfadan, soʻngra laxta qondan yaratgan Zotdir. Keyin U sizlarni ona qornidan goʻdak holingizda dunyoga chiqaradi. Soʻngra sizlarni voyaga yetishingiz, keyin qarishingiz uchun ulg‘aytiradi. Sizlarning orangizda bu davrdan oldin vafot etadigan kishilar ham boʻladi. Alloh sizlarni belgilangan ajalgacha yetib borishingiz uchun hayot beradi. Shoyadki, bulardan ibrat olib, aql ishlatsangizlar.
Albatta, Biz uni sizlar tushunishingiz uchun arabiy tilda Qurʼon nozil qildik.
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
Ey Muhammad, albatta, ayollaringiz yashaydigan hujralar orqasidan turib, sizni chaqiradigan kimsalarning koʻplari aql ishlatmaydilar.
Ey moʻminlar, bilinglarki, albatta, Alloh suvsizlikdan qaqrab yotgan yerni oʻlimidan keyin tiriltiradi. Aql yuritishingiz uchun sizlarga qudratimizga dalolat qiladigan oyatlarni batafsil bayon qildik.
Munofiq va yahudiylar oʻzaro birlashib sizlar bilan jang qila olmaydilar. Ular faqat qalʼali qishloqlar ichida berkinib yoki devorlar ortidan turib jang qila oladilar. Shuningdek, ularning oʻz oralarida adovatlari qattiqdir. Soʻzlaridan ularni birlashgan deb hisoblaysiz-u, ammo qalblari tarqoqdir. Bunga sabab, ularning aqlsiz qavm ekanliklaridir.
Kofirlar yana: “Agar bizlar payg‘ambar soʻzlarini tinglab, aql ishlatuvchi boʻlganimizda, doʻzax egalari boʻlmas edik”, – deydilar.