﷽
TasnimTasnim
123456789101112
Al-Qur'an Al-Karim
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ7 Safar 1448 AH|July 21, 2026, Tuesday
HomeSurahsMasdar-o'zakI'rab al-Qur'anAl-MufradatSearch the Qur'anAbout us
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114

Surahs

1

Fotiha

7 oyat

الفاتحة
2

Baqara

286 oyat

البقرة
3

Oli Imron

200 oyat

آل عمران
4

Niso

176 oyat

النساء
5

Moida

120 oyat

المائدة
6

An'om

165 oyat

الأنعام
7

A'rof

206 oyat

الأعراف
8

Anfol

75 oyat

الأنفال
9

Tavba

129 oyat

التوبة
10

Yunus

109 oyat

يونس
11

Hud

123 oyat

هود
12

Yusuf

111 oyat

يوسف
13

Ra'd

43 oyat

الرعد
14

Ibrohim

52 oyat

إبراهيم
15

Hijr

99 oyat

الحجر
16

Nahl

128 oyat

النحل
17

Isro

111 oyat

الإسراء
18

Kahf

110 oyat

الكهف
19

Maryam

98 oyat

مريم
20

Toho

135 oyat

طه
21

Anbiyo

112 oyat

الأنبياء
22

Haj

78 oyat

الحج
23

Mu'minun

118 oyat

المؤمنون
24

Nur

64 oyat

النور
25

Furqon

77 oyat

الفرقان
26

Shu'aro

227 oyat

الشعراء
27

Naml

93 oyat

النمل
28

Qosos

88 oyat

القصص
29

Ankabut

69 oyat

العنكبوت
30

Rum

60 oyat

الروم
31

Luqmon

34 oyat

لقمان
32

Sajda

30 oyat

السجدة
33

Ahzob

73 oyat

الأحزاب
34

Saba'

54 oyat

سبأ
35

Fotir

45 oyat

فاطر
36

Yosin

83 oyat

يس
37

Soffat

182 oyat

الصافات
38

Sod

88 oyat

ص
39

Zumar

75 oyat

الزمر
40

G'ofir

85 oyat

غافر
41

Fussilat

54 oyat

فصلت
42

Shuro

53 oyat

الشورى
43

Zuxruf

89 oyat

الزخرف
44

Duxon

59 oyat

الدخان
45

Josiya

37 oyat

الجاثية
46

Ahqof

35 oyat

الأحقاف
47

Muhammad

38 oyat

محمد
48

Fath

29 oyat

الفتح
49

Hujurot

18 oyat

الحجرات
50

Qof

45 oyat

ق
51

Zoriyot

60 oyat

الذاريات
52

Tur

49 oyat

الطور
53

Najm

62 oyat

النجم
54

Qamar

55 oyat

القمر
55

Ar-Rohman

78 oyat

الرحمن
56

Voqea

96 oyat

الواقعة
57

Hadid

29 oyat

الحديد
58

Mujodala

22 oyat

المجادلة
59

Hashr

24 oyat

الحشر
60

Mumtahana

13 oyat

الممتحنة
61

Sof

14 oyat

الصف
62

Jumu'a

11 oyat

الجمعة
63

Munofiqun

11 oyat

المنافقون
64

Tag'obun

18 oyat

التغابن
65

Taloq

12 oyat

الطلاق
66

Tahrim

12 oyat

التحريم
67

Mulk

30 oyat

الملك
68

Qalam

52 oyat

القلم
69

Haqqo

52 oyat

الحاقة
70

Ma'orij

44 oyat

المعارج
71

Nuh

28 oyat

نوح
72

Jin

28 oyat

الجن
73

Muzzammil

20 oyat

المزمل
74

Muddassir

56 oyat

المدثر
75

Qiyomat

40 oyat

القيامة
76

Inson

31 oyat

الإنسان
77

Mursalot

50 oyat

المرسلات
78

Naba'

40 oyat

النبأ
79

Noziot

46 oyat

النازعات
80

Abasa

42 oyat

عبس
81

Takvir

29 oyat

التكوير
82

Infitor

19 oyat

الانفطار
83

Mutoffifun

36 oyat

المطففين
84

Inshiqoq

25 oyat

الانشقاق
85

Buruj

22 oyat

البروج
86

Toriq

17 oyat

الطارق
87

A'laa

19 oyat

الأعلى
88

G'oshiya

26 oyat

الغاشية
89

Fajr

30 oyat

الفجر
90

Balad

20 oyat

البلد
91

Shams

15 oyat

الشمس
92

Layl

21 oyat

الليل
93

Zuho

11 oyat

الضحى
94

Sharh

8 oyat

الشرح
95

Tin

8 oyat

التين
96

Alaq

19 oyat

العلق
97

Qadr

5 oyat

القدر
98

Bayyina

8 oyat

البينة
99

Zalzala

8 oyat

الزلزلة
100

Odiyot

11 oyat

العاديات
101

Qori'a

11 oyat

القارعة
102

Takosur

8 oyat

التكاثر
103

Asr

3 oyat

العصر
104

Humaza

9 oyat

الهمزة
105

Fil

5 oyat

الفيل
106

Quraysh

4 oyat

قريش
107

Mo'un

7 oyat

الماعون
108

Kavsar

3 oyat

الكوثر
109

Kafirun

6 oyat

الكافرون
110

Nasr

3 oyat

النصر
111

Masad

5 oyat

المسد
112

Ixlos

4 oyat

الإخلاص
113

Falaq

5 oyat

الفلق
114

Nos

6 oyat

الناس
Holy QuranTranslationMeaningsTafsir
Holy QuranTranslationMeaningsTafsir

Surah Soffat

Revealed in Makka.

Juz 23,Surah 37,182 verses
←

Previous surah

36. Yosin

يس
ص

Next surah

38. Sod

→
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

37:1

Alloh yoʻlida saf-saf tizilib turuvchi farishtalar bilan qasam boʻlsin.

37:2

Gunoh ishlardan toʻsuvchilar bilan qasam boʻlsin.

37:3

Allohning kalomini doimo tilovat qiluvchi farishtalar va insonlardan iborat barcha zotlarga qasam boʻlsin.

37:4

Albatta, Ilohingiz yagonadir!

37:5

U osmonlar va Yer hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning Robbisidir. U yana kunchiqar tomonlarning Robbisidir.

37:6

Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatlab qoʻydik.

37:7

Osmonni har bir itoatsiz shaytondan saqladik.

37:8

Shaytonlar eng oliy mavjudotlar boʻlgan farishtalarning soʻzlarini eshita olmaydilar, u yerdan quvilish uchun har tomondan yulduzlar bilan otiladilar.

37:9

Haydalgan holda ularga doimiy azob bordir.

37:10

Agar kim bir soʻzni ilib olsa, unga ham kuydiruvchi shuʼla quvib yetadi.

37:11
37:12

Balki siz ularning qayta tirilishini inkor qilayotganlaridan ajablangandursiz, ammo ular oxirat haqidagi soʻzlaringizni masxara qiladilar.

37:13

Agar ular Qurʼon bilan eslatma qilinsalar, eslatma olmaydilar.

37:14

Sizning haq payg‘ambar ekanligingizga dalolat qiladigan biror belgi koʻrsalar, iymon keltirish oʻrniga yanada qattiqroq masxara qiladilar.

37:15

Bu oyatlar faqat aniq bir sehrdir, deydilar.

37:16

Bizlar oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda chindan ham, yana qayta tiriluvchi boʻlamizmi?!

37:17

Avvalgi oʻtib ketgan ota-bobolarimiz ham tiriladilarmi?!

37:18

Ey Muhammad, ularga: “Ha, sizlar qiyomat kuni xor boʻlgan holingizda, albatta, qayta tirilasizlar”, – deb ayting.

37:19

Vaʼda qilingan bu qayta tirilish faqatgina Isrofilning suri bilan chalinuvchi bir qichqiriqdir, xolos. Bas, ular qayta tirilib, Allohning hukmiga qarab turadilar.

37:20

Shunda ular: “Holimizga voy! Bu axir jazo kuni-ku!” – deb qoladilar.

37:21

Mana shu sizlar uni yolg‘onga chiqargan va haq bilan botilni ajratiladigan kunidir.

37:22

Ey farishtalar, zulm qilgan kimsalar va ularning juftlarini hamda Allohdan boshqaga ibodat qilib oʻtgan narsalarini toʻplanglar.

37:23

Allohdan oʻzga ibodat qilgan narsalarini toʻplanglar. Keyin ularni doʻzax yoʻliga boshlab boringlar.

37:24

Allohdan buyruq boʻlguncha ularni doʻzaxga tashlamay toʻxtatib turinglar. Chunki ular dunyodagi qilmishlari toʻg‘risida soʻraluvchidirlar.

Page 447
37:25

Ularga: “Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!” – deyiladi.

37:26

Yoʻq, ular bu kunda hech narsa qilolmay, Bizning hukmimizga taslim boʻluvchidirlar!

37:27

Ular savol berib, bir-birlariga yuzlanadilar.

37:28

Ergashganlar oʻz rahnamolariga: “Haqiqatan, sizlar biz ishonib yaxshilik kutadigan oʻng tomondan kelar edingiz”, – deydilar.

37:29

Rahnamolari ularga: “Yoʻq, oʻzlaringiz moʻmin boʻlmagan edingizlar”, – deydilar.

37:30
37:31

Bas, endi bizlarga Robbimizning azob haqidagi soʻzi muqarrar boʻldi. Endi, bizlar bu azobni totuvchilarmiz.

37:32

Chunki bizlar yoʻldan ozuvchi boʻlganimiz uchun sizlarni ham yoʻldan urdik.

37:33

Bas, albatta, ular oʻsha kunda azobda sherikdirlar.

37:34

Albatta, Biz gunohkorlarni mana shunday azobga duchor qilamiz.

37:35

Chunki ularga: “Allohdan oʻzga iloh yoʻq”,deyilganda, takabburlik qilar edilar.

37:36

Mushriklar: “Nima, bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark qilamizmi?” – deb aytardilar.

37:37

Yoʻq, Muhammad haq dinni olib keldi va oldingi barcha payg‘ambarlarni tasdiq qildi.

37:38

Ey jinoyatchilar, sizlar, shak-shubhasiz, alamli azobni totuvchidirsizlar!

37:39

Sizlar faqat qilib oʻtgan gunohlaringiz sababli jazolanasizlar.

37:40

Faqat Allohning ixlosli bandalari bundan mustasnodir.

37:41

Ana ular uchun maʼlum rizq bordir.

37:42

Ularga jannatda turli mevalar boʻladi. Ular izzat-ikromdadirlar,

37:43

Neʼmatlanish jannatlarida boʻladilar.

37:44

Jannatdagi soʻrilar ustida bir-birlariga roʻbaroʻ boʻlib oʻtiradilar.

37:45

Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirilib turiladi.

37:46

Bu qadahlardagi sharoblar uni ichuvchilar uchun lazzatli va oppoqdir.

37:47

U sharobda aqldan ozdiruvchi narsa boʻlmaydi va ular undan mast boʻlmaydilar.

37:48

Yana ularning oldilarida nigohlari begonalarga qarashdan tiyilgan, shahlo koʻzli hur qizlar boʻladi.

37:49

Ular xuddi pardaga oʻralgan oppoq tuxumdekdirlar.

37:50

Bas, ular jannatda bir-birlariga yuzlanib savol-javob qiladilar.

37:51

Ulardan biri: “Mening dunyoda bir doʻstim bor edi”, – deydi.

Page 448
37:52

U menga: “Chindan ham sen oʻlganimizdan keyin yana qayta tirilishimizni tasdiq qiluvchilardanmisan?” – der edi.

37:53

Oʻlib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan, ham qayta tirilib jazolanuvchimizmi?, – deb aytardi.

37:54

Oxiratni inkor qilgan doʻsti haqidagi voqeani aytib beruvchi soʻzini tugatgach jannatdagilarga: “Sizlar ham oʻsha doʻstimning doʻzaxdagi holiga qarayapsizlarmi?” – deydi.

37:55

Keyin oʻzi qarab uni doʻzaxning oʻrtasida koʻradi.

37:56

Shundan keyin: “Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan”, – deydi.

37:57

Agar Robbimning hidoyat neʼmati boʻlmaganida edi, albatta, men ham sen bilan birga doʻzaxga hozir qilinuvchilardan boʻlar edim.

37:58

Qani, endi ayt-chi, bizlar oʻluvchi emas ekanmizmi?!

37:59

Birinchi oʻlimimizdan keyin azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?!

37:60

Albatta, mana bu jannat neʼmatlari ulkan yutuqdir!

37:61

Bas, amal qiluvchilar mana shunday abadiy saodat uchun amal qilsinlar!

37:62

Mana shu jannat yaxshi ziyofatmi yoki doʻzaxdagi zaqqum daraxtimi?

37:63

Haqiqatan, Biz bu zaqqum daraxtini zolimlar uchun fitna qilib qoʻydik.

37:64

Chindan ham, u doʻzax qaʼridan oʻsib chiqadigan bir daraxtdir.

37:65

Uning butoqlaridagi mevalari xuddi shaytonlarning boshlariga oʻxshab xunukdir.

37:66

Bas, doʻzax ahllari, albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan toʻldiruvchidirlar.

37:67

Soʻngra, buning ustiga, ularga qaynoq suvdan aralashtirish ham bordir.

37:68

Soʻngra ularning qaytar joylari, albatta, doʻzax tomon boʻladi.

37:69

Albatta, ular oʻzlarining ota-bobolarini haq yoʻldan adashgan holda topdilar.

37:70

Bas, oʻzlari ham ularning izlaridan yugurib bormoqdalar.

37:71

Ulardan avval oʻtganlarning koʻpchiliklari haq yoʻldan adashgan edilar.

37:72

Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yuborgan edik.

37:73

Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday boʻlganini mana koʻring!

37:74

Faqat Allohning ixlosli bandalarigina halokatga duchor boʻlmadilar.

37:75

Qasam boʻlsinki, Nuh payg‘ambar qavmidan shikoyat qilib, Bizga nido qildi. Bas, Biz duolarni naqadar yaxshi ijobat qiluvchimiz!

37:76

Biz unga va uning ahliga katta tashvishdan najot berdik.

Page 449
37:77

Toʻfondan keyin uning zurriyotini boqiy qoluvchi kishilar qilib qoʻydik.

37:78

Keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.

37:79

Barcha olamlarda Nuhga salom boʻlsin!

37:80

Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!

37:81

Albatta, u Bizning moʻmin bandalarimizdandir!

37:82

Soʻngra Nuhga ergashganlardan boshqalarni toʻfonda g‘arq qilib yubordik.

37:83

Haqiqatan, Ibrohim ham u Nuh payg‘ambarning guruhidandir.

37:84

Oʻshanda, Ibrohim Robbisiga sog‘lom qalb bilan keldi.

37:85

Oʻshanda u otasi va qavmiga: “Nimalarga ibodat qilyapsizlar?!” – dedi.

37:86

Allohni qoʻyib, uydirma ilohlarga sig‘inishni xohlaysizlarmi?!

37:87

U holda butun olamlar Robbisining jazosi haqida nima gumoningiz bor?!”

37:88

Keyin u yulduzlarga bir nazar soldi.

37:89

Soʻngra: “Haqiqatan, men bemorman”, – dedi.

37:90

Odamlar darhol undan yuz oʻgirib, ortga qarab ketdilar

37:91

Keyin Ibrohim ularning uydirma ilohlari oldiga asta kelib: “Oldilaringizga qoʻyilgan taomdan yemaysizlarmi?” – dedi.

37:92

Sizlarga nima boʻldi, gapirmaysizlar?!

37:93

Soʻngra ularga yaqin kelib, oʻng qoʻlidagi bolta bilan urdi.

37:94

Shunda, qavmi uning oldiga bir-birlarini turtib keldilar.

37:95

Ibrohim ularga: “Oʻzlaringiz yoʻnib, yasab olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!” – dedi.

37:96

Holbuki, sizlarni ham, yasagan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!

37:97

Ular bir-birlariga qarab: “U Ibrohim uchun ichida olov yonadigan binolar qurib, uni oʻsha olov ichiga tashlanglar”, – dedilar.

37:98

Bas, ular Ibrohimga makr qilmoqchi boʻldilar. Biz esa ularni eng tubanlardan qildik.

37:99

Ibrohim olov ichidan salomat chiqib: “Albatta, men Robbim buyurgan tarafga ketuvchiman. Uning Oʻzi meni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi”, – dedi.

37:100

Ey Robbim, menga solih farzandlardan ato qilgin.

37:101

Bas, Biz unga bir yumshoqkoʻngil oʻg‘ilning xushxabarini berdik.

37:102
Page 450
37:103

Bas, qachonki, ikkovlari ham Allohning amriga taslim boʻlib, Ismoilni qurbonlik uchun peshonasi bilan yerga yotqizgan edi.

37:104

Biz unga: “Ey Ibrohim toʻxta!” – deb nido qildik.

37:105

Darhaqiqat, sen tushni tasdiqlading. Albatta, Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.

37:106

Albatta, bu qurbonlikka amr qilishim aniq bir sinov edi.

37:107

Biz Ismoilning oʻrniga jannatdan tushgan katta bir qoʻchqor soʻyishni evaz qilib berdik.

37:108

Keyingi avlodlar orasida u Ibrohim haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.

37:109

Ibrohimga salom boʻlsin!

37:110

Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!

37:111

Darhaqiqat, u Bizning moʻmin bandalarimizdandir.

37:112

Yana, Biz unga solihlardan va payg‘ambar boʻlgan Ishoqning xushxabarini berdik.

37:113
37:114

Qasam boʻlsinki, Biz Muso va Horunga ham payg‘ambarlik inʼom qildik.

37:115

Biz ikkisiga ham ularning qavmiga ham katta tashvishdan najot berdik.

37:116

Biz ularga madad berdik, bas, ular firʼavn ustidan g‘olib boʻldilar.

37:117

Biz u ikkisiga mukammal bayonli Tavrot kitobini berdik.

37:118

Shuningdek, ularni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qildik.

37:119

Keyingi avlodlar orasida u ikkisi xususida yaxshi gaplarni qoldirdik.

37:120

Muso va Horunga salom boʻlsin!

37:121

Biz yaxshi ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!

37:122

Darhaqiqat, u ikkisi ham moʻmin bandalarimizdandir.

37:123

Albatta, Ilyos ham payg‘ambarlardandir!

37:124

Oʻshanda, u oʻz qavmiga: “Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – degan edi:.

37:125

Sizlar yaratuvchilarning eng yaxshisini qoʻyib, oltindan yasalgan Baʼl nomli butga sig‘inasizlarmi?!

37:126

Sizlarning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Robbisi Allohdan boshqaga ibodat qilasizlarmi?!

Page 451
37:127

Bas, qavmi Ilyosni yolg‘onchiga chiqardilar. Soʻngra, albatta, ular doʻzaxga hozir qilinuvchilardir.

37:128

Faqat Allohning ixlosli bandalarigina bundan mustasnodir.

37:129

Biz keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.

37:130

Ilyosinga salom boʻlsin!

37:131

Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!

37:132

Shubhasiz, u moʻmin bandalarimizdandir.

37:133

Lut ham, shubhasiz, payg‘ambarlardandir!

37:134

Oʻshanda, Biz unga va uning barcha ahliga najot bergan edik.

37:135

Lekin azobda qoluvchilardan boʻlgan bir kampirga najot bermadik.

37:136

Soʻngra qolganlarini halok qildik.

37:137

Ey Makka ahli, aniqki sizlar haligacha ularning ustidan tongda oʻtib turasizlar.

37:138

Tunlari ham ularning ustidan oʻtasizlar. Axir, Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qoʻrqib aql yuritmaysizlarmi?!

37:139

Yunus ham, shubhasiz, payg‘ambarlardandir!

37:140

Oʻshanda u oʻz qavmidan g‘azablanib ichi toʻla yukli kemaga qarab qochgan edi.

37:141

Keyin kemadagilar bilan qurʼa tashlashdi va mag‘lub boʻldi.

37:142

Soʻngra Yunusni dengizga uloqtirishdi, uni malomatga qolgan holida bir nahang baliq yutib yubordi.

37:143

Bas, agar u Allohga doimo tasbeh aytuvchilardan boʻlmaganida…

37:144

Aniq, u baliq qornida, to qayta tiriladigan qiyomat kunigacha qolib ketgan boʻlar edi.

37:145

Keyin Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.

37:146

Uning ustida soya tashlab turishi uchun bir qovoq daraxtini oʻstirib qoʻydik.

37:147

Biz uni yuz ming, balki undan ham koʻproq odamlarga payg‘ambar qilib yubordik.

37:148

Bas, ular Allohga iymon keltirdilar. Keyin ularni maʼlum bir muddatgacha hayotdan bahramand qildik.

37:149

Ey Muhammad, Makka kofirlaridan soʻrang-chi, qizlar Robbingizniki-yu, oʻg‘illar ularnikimi?!

37:150

Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratdikmi?!

37:151

Ogoh boʻlinglar, ular uydirmalari tufayli shunday deydilar.

37:152

Mushriklar: “Alloh bola tug‘di”, deb boʻhton qiladilar. Ular, aniq yolg‘onchidirlar!

37:153

Alloh oʻg‘illarni qoʻyib, qizlarni tanlab olgan ekanmi?!

Page 452
37:154

Ey mushriklar sizlarga nima boʻldi?! Qanday nohaq hukm chiqaryapsizlar?!

37:155

Axir oʻylab koʻrmaysizlarmi?!

37:156

Yoki sizlar uchun Allohning farzandi bor ekani haqida biror aniq hujjat bormi?!

37:157

Bas, agar rostgoʻy boʻlsangiz, mana shu daʼvolaringizni tasdiqlovchi kitobingizni keltiringlar-chi?!

37:158
37:159

Alloh mushriklarning sifat berayotgan narsalaridan pokdir.

37:160

Faqat Allohning ixlosli bandalari Allohni toʻg‘ri sifatlaydilar.

37:161

Ey mushriklar, shak-shubha yoʻqki, sizlar ham, sig‘inayotgan butlaringiz ham…

37:162

U Zotga qarshi fitnaga soluvchi emassizlar.

37:163

Faqat doʻzaxga kiruvchi boʻlgan kimsalarnigina fitna qilasizlar.

37:164

Farishtalar: “Bizlarning har birimiz uchun osmonlarda maʼlum bir maqom bordir”, – dedilar.

37:165

Albatta, bizlar Allohning yoʻlida saf tortib turuvchilarmiz.

37:166

Hamda bizlar doimo Allohga tasbeh aytuvchilardirmiz.

37:167

Darvoqe Makka ahli Qurʼon nozil boʻlishidan ilgari aytar edilarki…

37:168

“Koshki, bizning oldimizda ham avvalgilarning kitoblaridan biror eslatma boʻlsa edi.

37:169

Shunda, albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari boʻlar edik.

37:170

Bas, Qurʼon nozil boʻlgach, uni inkor qildilar. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini biladilar.

37:171

Payg‘ambar qilib yuborilgan bandalarimiz uchun soʻzimiz sobit boʻlgan.

37:172

Soʻzimiz, albatta, ularning nusrat topuvchilar boʻlishidir.

37:173

Shubhasiz, payg‘ambarlar va moʻminlardan boʻlgan lashkarlarimiz – ular g‘olibdirlar.

37:174

Bas, ey Muhammad, siz ulardan maʼlum bir vaqtgacha yuz oʻgirib turing.

37:175

Ularni mag‘lub boʻlganlarida koʻring! Bas, yaqinda ular kufrlarining oqibatini koʻradilar.

37:176

Hali ular azobimizga oshiqmoqdalarmi?!

37:177

Bas, qachonki, azobimiz ularning hovlilariga tushganida ogohlantirilgan kimsalarning tonglari juda yomon boʻladi.

37:178

Bas, ey Muhammad, siz ulardan maʼlum bir vaqtgacha yuz oʻgirib turing.

37:179

Ularni mag‘lub boʻlganlarida koʻring! Bas, yaqinda ular kufrlarining oqibatini koʻradilar.

37:180

Izzat egasi boʻlgan Robbingiz ular sifatlayotgan nuqsonlardan pokdir.

37:181

Hamda rasullarga salom boʻlsin!

37:182

Barcha olamlarning Robbi – Allohga hamd boʻlsin!

اِنَّا
albatta biz

Bas, ey Muhammad, Makka kofirlaridan soʻrang, ularni yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni avval yopishqoq loydan yaratganmiz.

طَاغينَ
tug’yonga ketganlar

Axir bizlar uchun sizlarning ustingizdan dunyoda hukmronlik yoʻq edi-ku! Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz tug‘yonga ketgan qavm edingiz.

اِنّيٓ
albatta men

Bas, qachonki u bola otasi bilan birga yuradigan boʻlgach, Ibrohim unga: “Ey oʻg‘ilcham, men koʻpincha tushimda seni qurbon qilish uchun soʻyayotganimni koʻrmoqdaman. Oʻylab qarab koʻr, nima deysan?” – degan edi. Oʻg‘li Ismoil: “Ey otajon, senga tushingda Alloh tomonidan nima buyurilgan boʻlsa, oʻsha narsani qilgin. Inshaalloh, meni sabr qiluvchilardan topasan”.

Unga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. U ikkisining zurriyotidan yaxshi amal qiluvchi ham, oʻziga aniq zulm qiluvchi ham boʻladi.

الْجِنَّةُ
jinlar

Mushriklar U bilan jinlar oʻrtasida nasab bor deb gumon qildilar. Holbuki, jinlar bu mushriklarning Allohning azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.