Soʻngra payg‘ambarlar moʻminlarning g‘alabasi uchun madad tiladilar va har bir zolim va qaysar kimsalar umidsizlikka uchradi.
There are 201 verses derived from the masdar-o'zak ع ن د you searched for.
huzurida, huzuridandir, huzuridan, -, yonidadir, yonida bo'lgan, yonida, o'zining huzurida, huzurida, huzuri-
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Soʻngra payg‘ambarlar moʻminlarning g‘alabasi uchun madad tiladilar va har bir zolim va qaysar kimsalar umidsizlikka uchradi.
Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan oʻg‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni Bayt ul-Haroming yoniga, ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, ular namozni toʻliq qoim qilishlari uchun shunday qildim. Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻy va ularga turli mevalardan rizq ber, shoyad, shunda shukr qilsalar.
Darhaqiqat, Makka mushriklari oʻzlarining makrlarini qildilar. Agar makrlari tufayli tog‘lar yemirilib ketadigan boʻlsa ham ularning bu makrlari Alloh huzurida maʼlumdir.
Yeru osmonda mavjud boʻlgan har bir narsaning xazinalari Bizning huzurimizdadir. Biz sizlarga ularni maʼlum oʻlchov bilan tushiramiz.
Allohga bergan ahdingizni ozgina qiymatga sotib yubormanglar. Agar bilsangiz, shubhasiz, Alloh huzuridagi ajr sizlar uchun dunyo matohlaridan yaxshiroqdir.
Sizlarning oldingizdagi narsalar tugab ketadi. Biroq Alloh huzuridagi narsalar esa boqiy qoluvchidir. Biz, albatta, musibatlarga sabr qilganlarga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Sizlarning oldingizdagi narsalar tugab ketadi. Biroq Alloh huzuridagi narsalar esa boqiy qoluvchidir. Biz, albatta, musibatlarga sabr qilganlarga dunyoda qilib oʻtgan amallarining ajrlarini eng goʻzali bilan mukofotlarmiz.
Robbingiz, faqat Oʻzigagina ibodat qilishlaringizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr qildi. Ey inson, agar ularning birlari yoki har ikkisi yoningda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf” demagin va ularni jerkimagin. Ularga doimo chiroyli bir soʻz aytgin.
Bularning barchasining yomonlari Robbingiz nazdida yoqtirilmagan ishlardir.
Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir. Boqiy qoluvchi solih amallar esa Robbingiz nazdida savob va orzu jihatidan yaxshiroqdir.
Keyin u yerda bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga Oʻz dargohimizdan rahmat ato qilgan va Oʻz huzurimizdan ilm bergan edik.
Nihoyat yoʻlida ketayotib quyosh botadigan joyga yetgach, uning loyqa buloq tomon botayotganini koʻrdi va uning oldida tug‘yonga ketgan bir qavmga duch keldi. Biz unga vahiy qilib: “Ey Zulqarnayn, yo ularni azoblaysan yoki ularga jazo bermay yaxshilik qilasan”, – dedik.
U oʻz ahlini namoz va roʻzaga buyurar edi. U Robbisi nazdida rozi boʻlingan kishi edi.
Alloh toʻg‘ri yoʻldagi kishilarga hidoyatni yanada ziyoda qiladi. Robbingiz nazdida boqiy qoluvchi solih amallar savobi yaxshiroq va oqibati xayrlidir.
Nima, u g‘oyibdan xabardor boʻlibdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olganmi?!
U kunda faqat Rahmon nazdida ahd olgan xolis kishilargina shafoatga ega boʻladilar.
Muso unga: “Ularning maʼlumoti Robbim huzuridagi kitobda bitilgandir. Robbim sira adashmaydi va unutmaydi”, – dedi.
Osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unikidir. Uning huzuridagi zotlar Unga qullik qilishdan kibrlanmaydilar va ibodatda toliqmaydilar.
Bas, Biz uning duosini ijobat qilib, undagi zahmatni ketkazdik. Hamda Oʻz huzurimizdan rahmat qilib, ibodat qiluvchilarga eslatma boʻlsin, deb Ayyubga oilasini va ular bilan qoʻshib, yana ularning barobaricha ahlu avlod ato qildik.
Ana shunday, kimki Alloh harom qilgan narsalarni rioya qilgan holda uni eʼzozlasa bas, bu Robbisi nazdida oʻzi uchun yaxshidir. Sizlar uchun harom ekanligi tilovat qilinadigan narsalardan boshqa barcha chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat ifloslikdan uzoqlashing va yolg‘on soʻzdan ham chetda boʻlinglar.