Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
There are 201 verses derived from the masdar-o'zak ع ن د you searched for.
huzurida, huzuridandir, huzuridan, -, yonidadir, yonida bo'lgan, yonida, o'zining huzurida, huzurida, huzuri-
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
Ular u yerda abadiy qoladilar. Albatta, Allohning huzurida ulkan ajr bordir.
Shubhasiz, Allohning nazdida oylarning soni osmonlaru Yerni yaratgan kunidagi Allohning bitigiga koʻra oʻn ikki oydir. Ulardan toʻrttasi urush harom qilingan oylardir. Mana bu haq dindagi hukmdir. Shunday ekan, bu oylarda nafsingizga zulm qilmanglar. Ular bu toʻrt oy ichida sizlarga yoppasiga urush qilganlaridek, sizlar ham mushriklarga yoppasiga urush qilinglar. Hamda bilib qoʻyinglar, shubhasiz, Alloh taqvo qiluvchilar bilan birgadir.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlar bizni jangda yo shahid, yo g‘olib boʻlishdek ikki xayrli ishdan birining boʻlishini kutmoqdasiz. Bizlar esa sizlarni Alloh Oʻz dargohidan yoki bizning qoʻlimiz bilan sizlarga azob yetishini kutmoqdamiz. Bas, kutaveringlar, albatta, biz ham sizlar bilan birga kutuvchimiz”, – deb ayting.
Lekin aʼrobiylar ichida Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan, qilgan xayru ehsonlarini Alloh huzurida yaqinlik va Rasulning xayr duolari deb tutadiganlari ham bor. Albatta, u ular uchun Allohga yaqinlik bordir. Yaqinda Alloh ularni, qilgan ezgu amallari uchun Oʻz rahmati bilan jannatiga kirgizadi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Oʻz oralaridan boʻlmish Muhammad nomli bir kishiga “Odamlarni jahannam azobidan ogohlantiring, iymon keltirganlarga Robbilari huzurida qilgan yaxshiliklari uchun beriladigan ajr boʻlmish sodiqlik qadami borligi haqida xushxabar bering”, – deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli boʻldimi?! Kofirlar esa: “Shubhasiz, bu Muhammad aniq sehrgardir”, – dedilar.
Allohni qoʻyib, oʻzlariga zarar ham foyda ham keltirmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Hamda: “Ana shu but va sanamlar Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimiz”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Allohga osmonlar va Yerdagi bilmaydigan narsalarni bildirib qoʻymoqchimisiz?!” – deb ayting. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan munazzah va oliy Zotdir.
G‘ofil kimsalar, “Allohning bolasi bor”, – dedilar. U Zot bunday tuhmatdan mutlaqo munazzah va pokdir. Osmonlar va Yerdagi barcha narsalar Unga xosdir. Sizlarning huzuringizda bu haqda hech qanday dalil yoʻq. Alloh shaʼniga bilmaydigan narsalaringizni gapirasizlarmi?!
Bas, qachonki ularga Bizning huzurimizdan haqiqat kelganida, ular: “Bu aniq bir sehrdir”, – deganlar.
Nuh ularga: “Ey qavmim, qani, ayting-chi, agar Robbimdan berilgan aniq hujjatga ega boʻlsam va U menga Oʻz huzuridan rahmat va payg‘ambarlikni ato qilgan boʻlsa-yu, sizlarga bu maxfiy qolsa, sizlarni oʻzingiz istamagan holda unga iymon keltirishga majbur qilamizmi?!” – dedi.
Nuh ularga: “Men sizlarga yonimda Allohning xazinalari bor, demayman. Koʻzdan pinhon boʻlgan g‘ayb hodisalarini ham bilmayman. Men farishtaman, – deb ham aytmayman. Shuningdek, sizlar koʻzlaringiz mensimay, haqir koʻrayotgan kimsalar haqida Alloh ularga hech qanday yaxshilik bermaydi, – deb ham aytmayman. Ularning qalblaridagi ixlosni Alloh juda yaxshi biluvchidir. Agar unday desam, unda men, shubhasiz, zolimlardan boʻlaman”, – deb aytdi.
Mana bular Od qabilasining oqibatidir. Chunki ular bila turib Robbilarining oyatlarini yolg‘onga chiqardilar va payg‘ambarlariga itoatsizlik qildilar hamda har qanday zolimu qaysarlarning asossiz buyruqlariga ergashdilar.
U toshlar Robbingiz huzurida belgilab qoʻyilgan edi. Mana bu joy va hodisalar zolimlarga uzoq emasdir.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Yusuf ulardan birining qamoqdan qutulib ketuvchi deb hisoblagan kishiga: “Xojang huzurida meni eslagin”, – dedi. Lekin shayton xojasiga Yusufni eslatishni yodidan chiqartirdi. Natijada, Yusuf yana bir necha yil zindonda qolib ketdi.
Bas, bordi-yu agar uni mening oldimga olib kelmasangiz, u holda mening huzurimda sizlar uchun oʻlchab beriladigan hech narsa yoʻq. Shuningdek, mening yaqinimga yoʻlamanglar.
Yusuf ularga: “Narsamizni idishidan topib olgan kimsadan boshqani olib qolishdan Alloh saqlasin, u holda biz zolim kimsalardan boʻlib qolamiz”, – dedi.
Faqat Alloh taologina har bir ayolning homilasini oʻg‘ilmi-qizmi, oqmi-qorami nima koʻtarib yurganini va bachadonlar muddatidan ilgari tashlaydigan bolani ham, toʻqqiz oydan ortiqroq turib qoladigan bolani ham biladi. Uning huzurida har bir narsa oʻlchov bilandir.
Alloh nimani xohlasa, uning hukmini bekor qiladi va nimani xohlasa, uni sobit qiladi. Kitobning onasi boʻlgan Lavh ul-Mahfuz Uning huzuridadir.
Kufr keltirgan kimsalar sizga: “Sen Alloh tomonidan yuborilgan elchi emassan”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Men bilan sizning orangizda Allohning guvohligi va ularda Tavrot, Injil va Qurʼon kitobining ilmi bor kishilar guvohligi kifoyadir”, – deb ayting.