Holbuki, ular oldin jangda orqaga chekinmasliklari haqida Alloh bilan ahdlashgan edilar, Allohga berilgan ahd esa qiyomat kunida masʼuliyatdir.
There are 46 verses derived from the masdar-o'zak ع ه د you searched for.
(bergan) ahdini, menga bergan ahdingizni, sizga bergan ahdimni, bir ahd (bu borada), ahdidan, kelishdilarsa, ahd bilan, ahdim, va buyurgan edik, ahdnomalarini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Holbuki, ular oldin jangda orqaga chekinmasliklari haqida Alloh bilan ahdlashgan edilar, Allohga berilgan ahd esa qiyomat kunida masʼuliyatdir.
Moʻminlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq qolgan kishilar bordir. Bas, ulardan oʻz ahdiga vafo qilib shahid boʻlgani va ulardan shahid boʻlishni kutayotgani ham bordir. Ular oʻz ahdu paymonlarini aslo oʻzgartirganlari yoʻq.
Men sizlarga: “Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmanglar, albatta, u sizlarga aniq dushmandir”, – deb amr qilmaganmidim?!
Ular moʻʼjizalarni koʻrganlarida: “Ey sehrgar, duoyingni qabul qilishi xususidagi senga bergan ahdiga binoan Robbingga bizlar uchun duo qil bizlarni azobdan xalos qilsin, shunda biz albatta, hidoyat topuvchilardan boʻlamiz”, – dedilar.
Ey Muhammad, haqiqatan, sizga bayʼat qiladiganlar, albatta, Allohga bayʼat qilgan boʻladilar. Allohning qudrat qoʻli ularning qoʻllari uzradir. Bas, kimki oʻz ahdini buzsa, bas, faqat oʻz zarariga buzgan boʻladi. Kimki Alloh bilan ahdlashgan narsasiga vafo qilsa, u holda Alloh unga ulkan mukofot beradi.
Yana namozxonlar oʻzlariga topshirilgan omonatlarga va odamlarga bergan ahdlariga rioya qiluvchilardir.