Birinchi marta berilgan moʻʼjizalarga iymon keltirmaganlaridek ularning qalblarini va koʻzlarini teskari qilib qoʻyamiz va tug‘yonlarida tentiragan hollarida tashlab qoʻyamiz.
There are 16 verses derived from the masdar-o'zak ف أ د you searched for.
ko'ngillarini, qalblarini, qalbini, va yuraklarining ichi ham, va ko'ngillar, va ko'ngil, va ko'ngillarni, sening qalbingni, ko'ngli, ko'ngillarni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Birinchi marta berilgan moʻʼjizalarga iymon keltirmaganlaridek ularning qalblarini va koʻzlarini teskari qilib qoʻyamiz va tug‘yonlarida tentiragan hollarida tashlab qoʻyamiz.
Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
Ey Rasulim, sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan qalbingizni mustahkam qiladigan qissalarni aytib beryapmiz. Bu qissalarda sizga haqiqat, nasihat hamda barcha moʻminlar uchun eslatmalar keldi.
Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan oʻg‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni Bayt ul-Haroming yoniga, ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, ular namozni toʻliq qoim qilishlari uchun shunday qildim. Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻy va ularga turli mevalardan rizq ber, shoyad, shunda shukr qilsalar.
Qiyomat kunida ular xorlangan holda boshlarini osmonga koʻtarib yugurib yuradilar. Qotib qolgan koʻzlari oʻzlariga qaytmaydi hamda yuraklari dahshatdan boʻm-boʻsh boʻlib qoladi.
Alloh sizlarni onalaringizning qorinlaridan hech bir narsani bilmaydigan chaqaloq holingizda chiqardi va shukr qilishingiz uchun sizlarga quloq, koʻzlar va dillarni berdi.
Ey inson, u haqida aniq bilimga ega boʻlmagan narsalarga ergashma. Chunki quloq, koʻz, koʻngil – bularning barchasi u qilingan ishlar toʻg‘risida javobgardir.
U Zot sizlarga eshitish uchun quloqlarni, koʻrish uchun koʻzlarni va anglash uchun dillarni yaratdi. Sizlar esa bunga juda kam shukr qilasizlar.
Kufr keltirgan kimsalar: “Muhammadga Qurʼon yaxlit bir toʻplam holida nozil qilinsa boʻlmasmidi?” – deydilar. Ey Muhammad, qalbingizni bu Qurʼon bilan sobit qilish uchun shunday qildik. Hamda uni boʻlib-boʻlib tartil bilan bayon qildik.
Musoning onasi oʻg‘lining daryoda oqib ketganini koʻrgach qalbi boʻshashib qoldi. Agar "Biz uni senga qaytaramiz”, degan vaʼdamizga iymon keltiruvchilardan boʻlishi uchun uning koʻnglini xotirjam qilmaganimizda, albatta, uni oʻz oʻg‘li ekanini bildirib qoʻygan boʻlar edi.
Soʻngra uni inson qilib tikladi, ichiga Oʻz dargohidagi ruhidan pufladi. Sizlar uchun quloq, koʻz, dillarni paydo qildi. Sizlar esa shukrni juda kam qilasizlar.
Ey Makka ahli, holbuki, Biz boylik va quvvat jihatidan sizlarga bermagan imkonlarni ularga bergan edik. Ularga puxta eshituvchi quloqlar, teran koʻzlar va dillarni ato qilgan edik. Lekin ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloqlari ham koʻzlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsalari oʻrab oldi.
Ey Makka ahli, holbuki, Biz boylik va quvvat jihatidan sizlarga bermagan imkonlarni ularga bergan edik. Ularga puxta eshituvchi quloqlar, teran koʻzlar va dillarni ato qilgan edik. Lekin ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloqlari ham koʻzlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsalari oʻrab oldi.
Payg‘ambar koʻngli koʻrgan narsasini yolg‘onga chiqarmadi.
Ey Muhammad, kofirlarga: “U Alloh sizlarni yoʻqdan bor qilgan va sizlar uchun quloq, koʻzlar va dillarni ato qilgan Zotdir. Sizlar esa juda oz shukr qilasizlar”, – deb ayting.
U olov badanlarni teshib oʻtib yuraklarga qadar yetadi.