Yana nomusini saqlagan ayol Maryamni eslang. Bas, ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. Hamda uni va oʻg‘lini olamlar uchun ibrat qildik.
There are 9 verses derived from the masdar-o'zak ف ر ج you searched for.
iffatini, iffatlarini, yorilig'ini, yorilgani
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yana nomusini saqlagan ayol Maryamni eslang. Bas, ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. Hamda uni va oʻg‘lini olamlar uchun ibrat qildik.
Ular avratlarini begonalardan saqlovchi kishilardir.
Ey Muhammad, moʻminlarga: “Koʻzlarini nomahram ayollarga qarashdan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar”, – deb ayting. Mana shu ular uchun eng toza yoʻldir. Albatta, Alloh ularning nima hunar qilayotganlaridan xabardor.
Shuningdek, moʻmina ayollarga ham: “Koʻzlarini nomahram erkaklardan tiysinlar va avratlarini zinodan saqlasinlar. Hamda sirtdan koʻrinib turadigandan boshqa ziynatlarini koʻrsatmasinlar va roʻmollarini koʻkraklari ustiga tashlab olsinlar. Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining otalari, yo oʻg‘illari, yo erlarining oʻg‘illari, yo oʻzlarining aka-ukalari, yo aka-ukalarining oʻg‘illari, yo opa-singillarining oʻg‘illari, yo oʻzlari kabi ayollar, yo qoʻl ostilaridagi choʻrilar, yo juda keksayib yoki aqlsiz-devona boʻlib ayollarga hojati boʻlmagan erkak xizmatkor, ayollarning avratlaridan xabardor boʻlmagan bolalardan boshqalarga koʻrsatmasinlar. Hamda yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini yerga urmasinlar”, – deb ayting. Ey moʻminlar, barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, Shoyad, shunda zafar topsangiz.
Albatta, muslim va muslimalar, moʻmin va moʻminalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozeli erkaklar va tavozeli ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, roʻza tutuvchi erkaklar va roʻza tutuvchi ayollar, avratlarini haromdan saqlovchi erkaklar va avratlarini haromdan saqlovchi ayollar, Allohni koʻp zikr qiluvchi erkaklar va Allohni koʻp zikr qiluvchi ayollar – ana ular uchun Alloh mag‘firat va ulkan mukofot tayyorlab qoʻygandir.
Axir, ular ustilaridagi osmonni – Biz uni yulduzlar bilan qanday bino qilib, bezab qoʻyganimizni va uning teshiklari yoʻq ekaniga nazar solmadilarmi?!
Yana nomusini pok saqlagan Imron qizi Maryamni ham misol keltirdi. Bas, Biz Oʻz ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. U Parvordigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq qildi hamda Allohning amriga itoat qiluvchilardan boʻldi.
Ular yana avratlarini zinodan saqlovchidirlar,
Osmon qobig‘i ochilsa,