Ey Muhammad, Allohning bolasi bor deb aytayotgan mushriklarga: “Agar Rahmonning farzandi boʻlganida men unga ibodat qiluvchilarning birinchisi boʻlar edim”, – deb ayting.
There are 68 verses derived from the masdar-o'zak اَنَا۬ you searched for.
chunki men, men ham, men, va men, va men ham, faqat men, men shunday, mendan, meni, shubhasiz mening
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, Allohning bolasi bor deb aytayotgan mushriklarga: “Agar Rahmonning farzandi boʻlganida men unga ibodat qiluvchilarning birinchisi boʻlar edim”, – deb ayting.
Ey Muhammad, ularga: “Men payg‘ambarlarning dastlabkisi emasman. Men kelajakda oʻzimga ham sizlarga ham nima qilinishini bilmayman. Men faqat oʻzimga vahiy qilinadigan narsaga ergashaman. Men faqat qiyomat azobidan aniq bir ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Mening dargohimda vaʼda qilingan soʻz oʻzgartirilmaydi va Men bandalarga zulm qiluvchi emasman.
Alloh Lavh ul-Mahfuzda: “Albatta, Men Oʻz payg‘ambarlarim bilan birga g‘olib boʻlaman”, – deb yozib qoʻygan. Albatta, Alloh barcha narsaga kuchi yetuvchi – Qoviy va izzati ulug‘ boʻlgan – Aziz Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.
Ey Muhammad, ularga: “Qiyomat haqidagi bilim, faqatgina, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos”, – deb ayting.
“Men sizlarning oliy robbingizman”, – dedi.
Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.