Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
There are 5 verses derived from the masdar-o'zak ق ر ف you searched for.
va ishlashda davom etsinlar, qilgan gunohlari, qilgan, topganingiz, qilsa
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
Shaytonlar u yaltiroq gaplarga oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning koʻngillari moyil boʻlib og‘ishi, u soʻzlardan rozi boʻlib, qiladigan gunohlarida davom etishlari uchun vasvasa qiladilar.
Gunoh ishlarning ochiqchasini ham, yashirinchasini ham tark qilinglar. Gunoh ishlarni kasb qilgan kimsalar, albatta, qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Ey Rasulim, moʻminlarga: “Agar ota-onalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, ayollaringiz, qavmu qarindoshlaringiz, qoʻlga kiritgan mollaringiz, kasodga uchrashidan qoʻrqqan tijoratingiz va yoqtirgan maskanlaringiz sizga Allohdan va Uning Rasulidan hamda Uning yoʻlida jihod qilishdan sevimliroq boʻlsa, u holda Alloh Oʻz azob amrini keltirguncha kutib turinglar”, – deb ayting. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmaydi.
Allohning iymon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari mana shudir. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun haq soʻramayman, faqat qarindoshchilikdagi mehrinigina soʻrayman”, – deb ayting. Kimki, biror yaxshi amal qilsa, uning uchun oʻsha amalida yaxshilikni ziyoda qilamiz. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va koʻp savob beruvchi – Shakur Zotdir.