Zolimlarning kiyimlari qora moydan boʻlib, yuzlarini olov qamrab oladi.
There are 5 verses derived from the masdar-o'zak ق ط ر you searched for.
qatron, eritilgan qatron, har yon, qatron, burchaklari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Zolimlarning kiyimlari qora moydan boʻlib, yuzlarini olov qamrab oladi.
Menga temir boʻlaklarini olib kelinglar. Temir boʻlaklari ikkala tog‘ yonbag‘irlari bilan barobar boʻlgach, Zulqarnayn: “Bosqonlar bilan dam uringlar”, – dedi. Bas, qachonki u temir-tersaklarni qizdirib olov holiga keltirgach: “Menga eritilgan misni keltiringlar, u temir parchalarining ustidan toʻkaman”, – dedi.
Agar munofiqlarning ustiga Madinaning turli tomonlaridan bostirib kirilsa, soʻngra ulardan musulmonlarga xiyonat qilish uchun fitna talab qilinsa, aniqki, ular koʻp oʻylanib turmasdan xiyonatga rozilik bergan boʻlar edilar.
Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik masofani bosib oʻtadigan shamolni xizmatkor qilib qoʻydik va unga mis bulog‘ini oqizib qoʻydik. Hamda jinlardan ham Robbisining izni bilan uning qoʻl ostida ishlaydigan toifalarni boʻysundirib qoʻydik. Agar ulardan kim amrimizdan tashqari chiqsa, unga oʻt azobidan tottirib qoʻyardik.
Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar Allohning jazosidan qochib osmonlar va Yer chegaralaridan oʻtib ketishga qodir boʻlsangizlar, oʻtib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz aslo oʻtib keta olmaysizlar!