Ey Muhammad, agar Maryam oʻg‘li Iso misol keltirilsa, birdaniga qavmingiz bundan xursand boʻlib qichqira boshlaydilar.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, agar Maryam oʻg‘li Iso misol keltirilsa, birdaniga qavmingiz bundan xursand boʻlib qichqira boshlaydilar.
Ular: “Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!” – deydilar. Ular sizga bu misolni faqatgina tortishish uchun keltiradilar. Aslida ular xusumatchi qavmdirlar.
Albatta, Iso qiyomat soati kelishi uchun bir alomatdir. Bas, sizlar u qiyomat haqida aslo shubha qilmanglar. Ey Muhammad, Makka ahliga: “Menga ergashinglar! Mana shu toʻg‘ri yoʻldir”, – deb ayting.
Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qilinglar. Mana shu toʻg‘ri yoʻldir.
Alloh oʻz rasuli Muhammadning: “Ey Robbim, haqiqatan, ana ular iymon keltirmaydigan qavmdir”, – degan gapini ham biladi.
Biz ulardan oldin firʼavn qavmini ham imtihon qilganmiz va ularga bir sharofatli payg‘ambar kelgan edi.
Bas, Muso Robbisiga: “Ular jinoyatchi qavmlardir”, – deb duo qildi.
Yana koʻplab ekinzorlarni va soʻlim joylarni qoldirib g‘arq boʻlib ketdilar.
Mana shunday qilib, Biz u neʼmatlarni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
Ular kuch-quvvatda yaxshiroqmi yoki Tubbaʼ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki, ular gunohkor qavm edilar.
Albatta, taqvoli zotlar u kunda osoyishta joyda boʻladilar.
Hamda sizlarning yaratilishingizda va Alloh yer yuziga tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun ibratli alomatlar bordir.
Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan rizq tushirib, u sababli suvsizlikdan qaqrab yotgan yerning oʻlimidan keyin tiriltirishida va shamollarning yoʻnalishida aql yuritadigan qavmlar uchun alomatlar bor.
U Oʻz tomonidan sizlarga osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalarni boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bularda tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli alomatlar bordir.
Ey Muhammad, iymon keltirgan kimsalarga: “Allohning kunlaridan umidvor boʻlmaydiganlarni kechirib yuboraversinlar”, – deb ayting. Toki Alloh kechirimli qavmni qilgan ishlari sababidan mukofotlasin.
Yana ularga din ishi borasida hujjatlar ato qildik. Bas, ular oʻzlariga ilm kelganidan keyin oʻzaro adovat qilib ixtilofga tushdilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kuni oʻrtalarida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqaradi.
Bu oyatlar odamlar uchun ochiq-oydin koʻrsatmalardir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.
Ey Rasulim ularga: “Alloh sizlarga hayot beradi, soʻngra ajallaringiz yetgach oʻldiradi, keyin sizlarni hech shubhasiz boʻladigan qiyomat kuniga jamlaydi. Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar”, – deb ayting.
Osmonlar va Yerning hukmdorligi yolg‘iz Allohnikidir. Qiyomat qoim boʻladigan kuni – ana oʻsha kunda buzg‘unchilar ziyon koʻradilar.
Ammo kufr keltirgan kimsalarga: “Axir, sizlarga dunyoda ekaligingizda oyatlarim tilovat qilinmaganmi?! Bas, sizlar kibrlandingiz va gunohkor qavmlardan boʻldingiz”, – deyiladi.