Yoki boʻlmasa oʻzing daʼvo qilganingdek, ustimizga osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirib qoʻymaguningcha senga iymon keltirmaymiz.
There are 5 verses derived from the masdar-o'zak ك س ف you searched for.
parchalar, parcha-parcha, bir parchaning
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yoki boʻlmasa oʻzing daʼvo qilganingdek, ustimizga osmonni parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoxud Allohni va farishtalarni oldimizga keltirib qoʻymaguningcha senga iymon keltirmaymiz.
Bas, agarda rostgoʻylardan boʻlsang, unda osmondan bir boʻlagini ustimizga tashlab yubor.
Alloh shamollarni yuborib, bulutlarni qoʻzg‘atadigan Zotdir. Bas, u bulutlarni osmonda xohlaganicha yoyadi keyin uni boʻlak-boʻlak qilgach, uni orasidan yomg‘ir sizib chiqishini koʻrasiz. Bas, qachonki u yomg‘irni bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan xursand boʻlib ketadilar.
Axir ular osmon va yerdagi narsalarga, oldilaridagi va ortlaridagi narsalarga nazar solmaydilarmi?! Agar Biz xohlasak, ularni yerga yuttirib yuboramiz yoki ustilariga osmondan parchalar tashlab yuboramiz. Albatta, bunda Allohga tavba qilib qaytuvchi har bir banda uchun dalolat bordir.
Agar ular ustilariga ularni halok qilish uchun osmonning bir parchasi tushayotganini koʻrsalar ham: “Bu toʻplanib qolgan bulutdir”, – deydilar.