Shunda Maryam oʻzi gapirmay, bolasiga ishora qildi. Ular: “Beshikda boʻlgan goʻdak bilan qanday gaplashamiz”, – dedilar.
There are 83 verses derived from the masdar-o'zak ك ي ف you searched for.
qanday, kabi, unda qanday (bo'ladi)?, va qanday?, va qanday, (hollari) qanday bo'ladi?, endi qanday, qanday?, nimalar, ammo qanday
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda Maryam oʻzi gapirmay, bolasiga ishora qildi. Ular: “Beshikda boʻlgan goʻdak bilan qanday gaplashamiz”, – dedilar.
Madyan shahrining aholisi ham Shuʼayb payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Muso payg‘ambar ham yolg‘onchiga chiqarildi. Men kofirlarga bir oz muhlat berib qoʻyib, keyin ularni oʻz azobim bilan tutdim. Bas, Mening inkorim qanday boʻldi?!
Ey Muhammad, sizga qanday misollar keltirishganiga nazar soling. Bas, ular haq yoʻldan ozdilar. Endi, toʻg‘ri yoʻl topishga kuchlari yetmaydi.
Robbingiz soyaning qanday yoyib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Agar xohlasa, uni qimirlatmay qoʻygan boʻlar edi. Soʻngra soyaning mavjudligini nurga bog‘ladik va quyoshni unga dalil qildik.
Oʻzlari aniq bilgan boʻlsalar ham, zulm va kibrga berilib, u moʻʼjizalarni inkor qildilar. Endi ey Muhammad, buzg‘unchilarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.
Bas, qilgan makrlarining oqibati qanday boʻlganiga nazar soling. Biz ularni va qavmlarining barchasini yer bilan yakson qildik.
Ey Rasulim: “Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solinglar!” – deb ayting.
Bas, Biz uni va lashkarlarini azob bilan tutdik, keyin dengizga g‘arq boʻlishlari uchun tashladik. Mana, zolimlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar soling.
Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor yoʻqdan yaratishini soʻngra qiyomat kunida yaratgan u barcha narsasini qaytarishini koʻrmadilarmi?! Albatta, bu ishlar Allohga osondir.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilib Alloh qanday qilib yaratishni boshlaganiga nazar solinglar. Soʻngra Alloh qiyomatda ikkinchi marta paydo qiladi. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan avvalgi payg‘ambarlarni inkor qilgan va iymonsiz ketgan kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini koʻrsalar boʻlmaydimi?! Ular bu Makka kofirlaridan koʻra quvvatliroq boʻlgan va oʻz yerlarini bular obod qilganidan koʻra koʻproq ishlov berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham oʻz payg‘ambarlari hujjatlar keltirganlar, lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarishgan. Bas, Alloh ularga zulm qiluvchi boʻlmadi, lekin haq yoʻldan yurmay ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Ey Muhammad, ularga: “Yer yuzida sayr qilinglar, bas, oldingilarning oqibati qanday yomon boʻlganiga nazar solinglar. Ularning aksariyati mushriklardan edi”, – deb ayting.
Alloh shamollarni yuborib, bulutlarni qoʻzg‘atadigan Zotdir. Bas, u bulutlarni osmonda xohlaganicha yoyadi keyin uni boʻlak-boʻlak qilgach, uni orasidan yomg‘ir sizib chiqishini koʻrasiz. Bas, qachonki u yomg‘irni bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan xursand boʻlib ketadilar.
Allohning rahmat yomg‘iri izlariga nazar soling. U suvsiz qaqrab yotgan yerni oʻlganidan keyin qanday qilib tiriltiradi! Albatta, ana shu Zot oʻliklarni ham tiriltiruvchidir va U barcha narsaga qodirdir.
Ulardan ilgari oʻtgan kimsalar ham oʻz payg‘ambarlarini inkor qilgan edilar Holbuki, Makka mushriklari Biz ularga ato etgan neʼmatlarning oʻndan biriga ham yetmaganlar. Bas, ular rasullarimni yolg‘onchiga chiqardilar, keyin eʼtirozim qanday boʻlgan edi?!
Soʻngra kufr keltirgan kimsalarni isyonlari tufayli azobim bilan tutdim. Ana, Mening inkorim qanday boʻldi?!
Axir, ular yer yuzida sayr qilib, oʻzlaridan oldingi iymonsizlarning oqibati qanday boʻlganini koʻrmaydilarmi?! Holbuki, oldingilar bulardan koʻra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda Allohni ojiz qoldiruvchi hech narsa yoʻqdir. Shubhasiz, U hamma narsani biluvchi, qodir Zotdir.
Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday boʻlganini mana koʻring!
Ey mushriklar sizlarga nima boʻldi?! Qanday nohaq hukm chiqaryapsizlar?!
Ulardan oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi firqalar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Har bir ummat oʻz payg‘ambarini tutib oʻldirishga qasd qilgan va haqni yoʻqotish uchun botil hujjatlar bilan tortishganlar. Bas, ularni azobim bilan tutdim. Mana, azobim qanday boʻldi?!