Axir, ular Biz quruq yerga suv haydab, uning sababi bilan ularning chorvalari ham, oʻzlari ham yeydigan ekinlarni chiqarishimizni bilmadilarmi?! Axir, buni koʻrmaydilarmi?!
There are 63 verses derived from the masdar-o'zak م و ه you searched for.
suv, suvni, suv(ingiz), bir suv, suvga o'xshash, suv, suvini, suv bilan, suvga, bir suv bilan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Axir, ular Biz quruq yerga suv haydab, uning sababi bilan ularning chorvalari ham, oʻzlari ham yeydigan ekinlarni chiqarishimizni bilmadilarmi?! Axir, buni koʻrmaydilarmi?!
Alloh osmondan suv yog‘dirib, u bilan ranglari turli xil boʻlgan mevalarni chiqarganimizni koʻrmadingizmi?! Hamda tog‘lardan oq, qizil hamda turli yoʻllarni paydo qildik. Ulardan tim qoralari ham bor.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, uni yerda chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u suvning vositasida turli ekinlarni chiqaradi, vaqti kelib keyin u quriydi, soʻng siz uni sarg‘aygan holda koʻrasiz. Alloh soʻngra uni quruq choʻpga aylantiradi. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratli eslatma bordir.
Uning qudratiga dalolat qiluvchi alomatlaridan biri yerni suvsizlikdan qaqragan holda koʻrishingizdir. Bas, qachonki, Biz uning ustiga osmonda suv yog‘dirsak, u harakatga keladi va oʻsadi. Albatta, oʻsha yerni tiriltirgan Zot oʻliklarni ham tiriltira oluvchidir. Shubhasiz, U har bir narsaga qodirdir.
U Zot osmondan aniq oʻlchov bilan suv yog‘dirdi. Bas, Biz bu suv bilan suvsizlikdan oʻlgan shaharlarni tiriltirdik. Sizlar ham qiyomat kunida qabrlaringizdan mana shu tarzda chiqarilasizlar.
Allohdan qoʻrqadigan taqvodorlar uchun vaʼda qilingan jannatning misoli shuki, unda mazasi aynimas suvdan iborat daryolar, taʼmi oʻzgarmaydigan sutdan iborat anhorlar, ichuvchilar uchun lazzatli maydan boʻlgan daryolar va musaffo asaldan iborat anhorlar bordir. Ular uchun u yerda barcha mevalardan va Robbilari tomonidan mag‘firat bordir. Ana shunday kimsalar doʻzaxda mangu qoladigan va qaynoq suv bilan sug‘orilganda ichaklarini tilka-pora qilib tashlaydigan kofirlar kabi boʻladimilar?!

Biz osmondan barakatli suv yog‘dirib, u bilan bog‘larni va oʻrib olinadigan don-dunlarni undirdik.
Biz osmon darvozalarini sharros quyiluvchi suv bilan ochib yubordik.
Yana yerdan buloqlar otiltirib chiqardik. Bas, osmon va Yer suvi taqdir qilib qoʻyilgan bir ish ustida uchrashdilar.
Suvning ular bilan tuya oʻrtasida taqsimlab qoʻyilgani va har bir ichishga navbat bilan hozir boʻlish kerakligi haqida ularga xabar bergin.
Oqizib qoʻyilgan suv boʻyida boʻladilar.
Oʻzingiz ichayotgan suvni oʻylab koʻrdingizmi?!
Ey Muhammad yana ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar suvingiz yer tagiga singib ketsa, bas, endi kim sizlarga oqar suvni keltira oladi?!” – deb ayting.
Ey Muhammad yana ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar suvingiz yer tagiga singib ketsa, bas, endi kim sizlarga oqar suvni keltira oladi?!” – deb ayting.
Darvoqe, Biz suv tug‘yonga kelgan vaqtida sizlarni Nuh payg‘ambar yasagan kemada koʻtardik.
Albatta, agar ular toʻg‘ri yoʻlda turganlarida, albatta, Biz ularni moʻl-koʻl suv bilan sug‘organ boʻlar edik.
Axir, Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?!
Yana Biz Yerda baland tog‘larni paydo qildik va sizlarni tog‘lardan oqib tushadigan chuchuk suv bilan sug‘ordik.
Yana Biz siqilgan bulutlardan duv-duv yomg‘ir yog‘dirdik.