Osmonlaru Yerdagi va ulardagi barcha mavjudotning boshqaruvi Allohga oiddir. Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Osmonlaru Yerdagi va ulardagi barcha mavjudotning boshqaruvi Allohga oiddir. Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.
U koʻklarda ham Yerda ham bir boʻlgan Allohdir. Sizlarni berkitgan va oshkora ishlaringizni hamda barcha qilayotgan ishlaringizni bilib turibdi.
U kofir va mushriklarga Robbilarining dalillaridan qachon bir oyat kelsa, undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Ular oʻzlariga haq bilan kelgan Qurʼonni yolg‘onga chiqardilar. Yaqinda ularga oʻzlari istehzo qilib yurgan oyatlarning haqligi haqidagi xabarlar keladi.
Ulardan avval qancha-qancha nasllarni halok qilganimizni koʻrmaydilarmi? Yer yuzida ularga hali sizlarga bermagan imkoniyatlarni bergan edik. Ularning ustidan shovillab yoqqan yomg‘irlarni yog‘dirib va taglaridan esa anhorlarni oqizib qoʻydik. Soʻngra ularni qilgan gunohlari tufayli halok qildik, keyin ularning oʻrniga boshqa nasllar yaratdik.
Agarda payg‘ambarni bir farishta qilib yuborsak ham, uni erkak suratida qilar edik. Shunda ham kofirlarni shubha qilayotgan xususlarida chalkashtirib qoʻyar edik.
Ey Muhammad, sizdan oldingi payg‘ambarlar ham mazax qilingan edi. Soʻngra ular bilan masxara qilgan kimsalarni shu mazax qilgan haqiqatlari qamrab olib halok qildi.
Ey Rasulim, ularga: “Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa kimning mulkidir?” – deb ayting. Keyin esa: “Barchasi Allohnikidir”, – deng. Alloh Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. U sizlarni shak-shubhasiz boʻladigan qiyomat kunida toʻplaydi. Faqat oʻzlariga ziyon qilgan kimsalar iymon keltirmaydilar.
Kechaning qorong‘iligida va kunduzning oydinligida boʻlib turgan barcha mavjudot Unikidir. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Keyin ular: “Robbimiz Allohga qasam boʻlsinki, mushriklardan boʻlmagan edik”, – deydigan, fitnadan boshqa choralari boʻlmaydi.
Ey Rasulim, oʻzlarini qanday aldaganliklarini va toʻqib olgan narsalarining oʻzlaridan yoʻq boʻlib ketishini koʻring.
Ular ham oʻzlarini payg‘ambardan qaytarishga harakat qiladilar, ham oʻzlari undan uzoqlashadilar. Ular sezmagan hollarida faqat oʻzlarini halok qilmoqdalar.
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Yoʻq, unday emas! Ularning oldindan yashirib yurgan qilmishlari fosh boʻlib qoldi. Bordi-yu ular yana bu dunyoga qaytarilsalar ham, man qilingan ishlarga qaytgan boʻlar edilar. Ular, albatta, yolg‘on aytuvchilardir.
Hamda ular: “Hayotimiz faqat shu dunyodan iboratdir va bizlar qayta tiriltirilmaymiz”, – der edilar.
Ey Rasulim, Vaqtiki, Robbilari huzurida toʻxtatib turilganda Alloh ularga: “Mana bu qayta tirilish haq emas ekanmi?!” – deganini koʻrsang edi. Ular: “Robbimizga qasamki, ha, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, kufr keltirganingiz sababli shu azobni totinglar”, – deydi.
Allohga roʻbaroʻ kelishni yolg‘on deganlar chindan ham ziyon koʻrdilar. Nihoyat qiyomat soati ularning boshlariga birdaniga kelib qolganda ular gunohlarini orqalariga ortib: “U yerda qilgan nuqsonlarimiz uchun bizlarga afsus va nadomatlar boʻlsin”, – deydilar. Mana ular naqadar yomon yukni orqalab yuradilar.
Allohga roʻbaroʻ kelishni yolg‘on deganlar chindan ham ziyon koʻrdilar. Nihoyat qiyomat soati ularning boshlariga birdaniga kelib qolganda ular gunohlarini orqalariga ortib: “U yerda qilgan nuqsonlarimiz uchun bizlarga afsus va nadomatlar boʻlsin”, – deydilar. Mana ular naqadar yomon yukni orqalab yuradilar.
Bu dunyoning hayoti oʻyin-kulgu va behuda ishlardan iboratdir. Allohdan qoʻrqadigan kimsalar uchun esa oxirat diyori yaxshiroqdir. Aql ishlatsangiz, boʻlmaydimi?!
Sizdan burungi payg‘ambarlar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar. Ularga yordamimiz kelgunga qadar yolg‘onchiga chiqarilganlariga va berilgan aziyatlarga sabr qildilar. Allohning soʻzlarini oʻzgartiruvchi kimsa yoʻq. Albatta, sizga Alloh tomonidan payg‘ambarlarning xabarlaridan bir qismi kelgandir.