Nuh ularga: “Alloh xohlasa, albatta, uni keltiradi. Sizlar esa, oʻshanda hech qayoqqa qochib qutula olmaysiz va ojiz qoldiruvchi ham emassiz”, – dedi.
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Nuh ularga: “Alloh xohlasa, albatta, uni keltiradi. Sizlar esa, oʻshanda hech qayoqqa qochib qutula olmaysiz va ojiz qoldiruvchi ham emassiz”, – dedi.
Nuh payg‘ambarga: “Qavmingdan shu paytgacha iymon keltirganlaridan boshqa endi hech kim aslo iymon keltirmaydi. Shunday ekan, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekma”, – deb vahiy qilindi.
Nihoyat, azob haqidagi amrimiz kelib, tandir favvora otib qizidi. Biz Nuhga: “Har bir jonivordan bir juftdan va g‘arq boʻlishi haqidagi amrimiz kechganlardan tashqari ahli oilang hamda iymon keltirganlarni kemaga yuklab chiqar”, – dedik. Vaholanki, u bilan birga iymon keltirganlar ozchilik edi.
Alloh unga: “Ey Nuh, shubhasiz, u sening ahlingdan emas. Albatta, uning qilgan amali yaxshi ish emas. Bas, Mendan oʻzing yaxshi bilmagan narsalar haqida savol soʻrama. Men senga johillardan boʻlmasligingni buyurib nasihat qilaman.
Nuh Robbisiga: “Ey Robbim, men Sendan oʻzimda u haqda ilm boʻlmagan narsalarni soʻrashimdan panoh tilayman. Agar meni mag‘firat qilmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Ey Muhammad, bular Biz sizga Qurʼonda vahiy qilayotgan g‘ayb xabarlaridandir. Bularni oldin siz ham qavmingiz ham bilmas edingiz. Bas, kofirlarning sizga yetkazayotgan ozorlariga sabr qiling. Albatta, goʻzal oqibat Allohdan qoʻrquvchi kimsalar uchundir.
Keyin Od qabilasiga birodarlari Hudni payg‘ambar qilib yubordik. Hud payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlar faqat turli ilohlarni oʻzingiz toʻqib oluvchilarsiz”, – dedi.
Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Shubhasiz, men Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohga suyandim. Yer yuzida oʻrmalab yuruvchi har bir jonivor borki, Alloh uning peshonasidan tutib turib tasarruf qilmoqda. Albatta, Robbim toʻg‘ri yoʻldadir.
Agar sizlar iymondan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga u bilan yuborilgan haq dinni toʻla-toʻkis yetkazdim. Agar iymon keltirmasangiz, unda Robbim sizlarni halok qilib oʻrinlaringizga boshqa qavmni xalifa qilib keltiradi. Sizlar esa Unga hech qanday zarar yetkaza olmaysiz. Albatta, Robbim hamma narsani qoʻriqlovchi – Hafiz Zotdir.
Keyin Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni Yerdan paydo qilib, unda sizlarni joylashtirdi va uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan mag‘firat tilanglar keyin Unga tavba qilinglar. Albatta, Robbim sizga shoh tomiringizdan ham yaqin va duolarni ijobat qiluvchi Zotdir”, – dedi.
Qavm Solihga: “Ey Solih, bundan oldin oramizda qandaydir umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsalardan shubhadamiz”, – dedilar.
Solih ularga: “Ey qavmim, oʻylab koʻrdingizmi, men Robbim tomonidan aniq hujjatga ega boʻlsam va menga Oʻzining rahmati boʻlgan payg‘ambarlikdan ato qilgan boʻlsa-yu, shundan keyin men U Zotga isyon qilsam, u holda Allohning azobidan meni kim qutqaradi. Bas, sizlar isyonga chorlashingiz bilan menga ziyondan boshqa hech narsani orttirmayapsiz”, – dedi.
Elchi farishtalarimiz Ibrohimga farzandli boʻlishi haqidagi xushxabarni keltirdilar va unga “Salom!” dedilar. U ham “Salom!” dedi-da, hech qancha vaqt oʻtmay, bir pishirilgan buzoq goʻshtini keltirdi.
Qavm Lut payg‘ambarga: “Qizlaringga hojatimiz yoʻqligini aniq bilasan va biz nima xohlayotganimiz senga maʼlum”, – deyishdi.
Qavm Lut payg‘ambarga: “Qizlaringga hojatimiz yoʻqligini aniq bilasan va biz nima xohlayotganimiz senga maʼlum”, – deyishdi.
Shu payt farishtalar: “Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz. Senga qavming aslo tega olmaydi. Bas, tunning bir qismida oilang bilan chiqib ket. Xotiningdan boshqa sizlardan hech kim atrofga qayrilib boqmasin. Chunki ularga yetgan narsa ayolingga ham yetib keluvchidir. Ularga vaʼda qilingan falokat vaqti bomdod paytidir. Axir tong yaqin emasmi?!” – dedilar.
U toshlar Robbingiz huzurida belgilab qoʻyilgan edi. Mana bu joy va hodisalar zolimlarga uzoq emasdir.