Axir osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Axir osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
Malika: “Ey aʼyonlar, menga bu ishimda fatvo beringlar. Men toki sizlar guvoh boʻlmaguningizcha biror ishga qatʼiy qaror qiluvchi emasman”, – dedi.
Men ularga sinov uchun bir sovg‘a yuborib koʻray-chi, elchilar nima xabar bilan qaytar ekanlar.
Bas, qachonki, malikaning elchilari sovg‘ani olib Sulaymon huzuriga kelgach, u: “Sizlar menga mol-dunyo bilan madad bermoqchimisiz?! U holda bilingizki, Alloh menga ato etgan payg‘ambarlik va podshohlik sizlarga bergan mol-dunyodan yaxshiroqdir. Lekin sizlar sovg‘alaringiz bilan sevinyapsizlar”,– dedi.
Uni esa Allohdan boshqaga ibodat qilgan narsasi musulmon boʻlishdan toʻsib qoʻygan edi. Chunki u kofirlar qavmidan edi.
Solih: “Ey qavmim, nima uchun sizlar yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqyapsiz?! Allohdan xatolaringiz uchun mag‘firat soʻrasangiz boʻlmaydimi! Shoyad, shunda rahm qilinasizlar”, – dedi.
Ular Alloh nomiga oʻzaro qasam ichib bir-birlariga: “Albatta, Solihni va unga ergashgan ahlini tunda oʻldiramiz, soʻngra uning vorisiga: “Bizlar na Solihning va na ahlining oʻlimiga guvoh boʻlmadik, Chindan ham bizlar rostgoʻy kishilarmiz”, – deymiz.
Ana, zulm qilganlari tufayli ularning uylari huvillab yotibdi. Albatta, bunda biladigan qavm uchun katta ibrat bordir.
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Yoki nochor odam duo qilgan paytda duosini ijobat qiladigan va undan yomonlikni ketkazadigan hamda sizlarni Yer yuzining oʻrinbosarlari qiladigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Bu oʻgitlardan juda kam eslatma olasizlar!
Yana ularga: “Allohdan oʻzga osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘ayb xabarlarini bilmaydi. Shuningdek, ular qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar”, – deb ayting.
Albatta, Robbingiz ularning koʻngillari berkitayotgan narsani ham, oshkor qilayotgan narsani ham bilib turadi.
Albatta, Robbingiz ularning koʻngillari berkitayotgan narsani ham, oshkor qilayotgan narsani ham bilib turadi.
Osmon va Yerdagi har bir sir-asror aniq kitobda yozib qoʻyilgandir.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Zulm qilganlari sababli ularning ustiga azob haqidagi soʻz tushadi. Bas, ular u kunda gapira olmaydilar.
Siz tog‘larni koʻrib qimirlamasdan qotib turuvchi, deb oʻylarsiz. Holbuki, ular ham xuddi bulutlarning suzib yurishidek suzib yuradilar. Bu barcha narsani puxta qilgan Zot boʻlmish Allohning sanʼatidir. Albatta, U sizlar qilayotgan barcha ishlardan xabardordir.
Bordi-yu kimki yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida doʻzaxga tashlanadilar. Sizlarga faqat qilib oʻtgan amallaringizning jazosi beriladi.
Ey Rasulim, ularga: “Hamd, faqat Allohgadir. Yaqinda sizlarga Oʻz moʻʼjizalarini koʻrsatadi. Bas, u moʻʼjizalarni eʼtirof qilasizlar. Robbingiz qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas”, – deb ayting.