Ular Jolut va uning askarlariga toʻqnash kelganlarida: “Ey Robbimiz, ustimizga sabr-toqatni yog‘dirgin, qadamlarimizni sobit qil va kofir boʻlgan qavmlar ustidan bizga g‘alaba ato et”, – dedilar.
There are 9 verses derived from the masdar-o'zak ب ر ز you searched for.
duch kelganlarida, albatta uzar edi, chiqqach, va ko'rindilar, va keladilar, yalang'och, va qarshisiga chiqariladi, ortaga chiqadilar, va ortaga chiqarilgan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular Jolut va uning askarlariga toʻqnash kelganlarida: “Ey Robbimiz, ustimizga sabr-toqatni yog‘dirgin, qadamlarimizni sobit qil va kofir boʻlgan qavmlar ustidan bizga g‘alaba ato et”, – dedilar.
Keyin bu g‘amning ketidan sizlarga bir omonlik uyqu holatini tushirib, siz moʻminlardan boʻlgan bir toifani bu tuyg‘u qamrab oldi. Munofiqlardan boʻlgan boshqa toifa esa jon talvasasiga tushib, Alloh haqida johilona fikrlari bilan nohaq gumonda boʻlar edilar. Ular: “Oʻzi bizga bu ishdan nima foyda?!” – derdilar. Ey Rasulim, ularga: “Barcha ishlar Allohga oiddir”, – deb ayting. Ular sizga oshkor qilmagan munofiqliklarini ichlarida yashirib yuradilar. Hamda ular: “Agar bizda bu ish yuzasidan tanlov boʻlganida edi, bu yerda oʻldirilmas edik”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Agar uylaringizda oʻtirgan boʻlsangiz ham, oʻldirilishi Alloh tomonidan yozilgan kishilar mutlaqo halokat joylariga kelib qolgan boʻlar edilar. Alloh bu mag‘lubiyatni koʻngillaringizdagi iymon yoki nifoqni sinash va qalblaringizdagi kirlarni tozalash uchun qildi. Shubhasiz, Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
Munofiqlar: “Xoʻp, itoat qilamiz”, – deydilar. Biroq sizning oldingizdan chiqqach, ulardan boʻlgan bir toifa aytgan gaplaringizdan boshqasini qilishga kechalari til biriktiradilar. Bilib qoʻysinlar, Alloh ularning kechalari xufyona til biriktirib yurganlarini yozib qoʻymoqda. Bas, ey Rasulim, ulardan yuz oʻgiring va Allohga suyanib tavakkul qiling. Vakillikka Allohning Oʻzi kifoya qiladi.
Qiyomat kunida barcha odamlar Allohning huzuriga chiqdilar. Takabburlik qilgan kimsalarga bechorahol ergashuvchilar: “Bizlar dunyo hayotida sizlarga tobe edik, endi sizlar bizlarni Allohning biror azobidan qutqaruvchi boʻla olasizlarmi?” – dedilar. Shunda ular: “Agar Alloh bizni haq yoʻlga hidoyat qilganida, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlar edik. Endi esa, dod-faryod qilamizmi yoki sabr qilamizmi, biz uchun baribir. Bizga endi qochishga joy yoʻq”, – dedilar.
Qiyomat Yer oʻz shaklini yoʻqotib boshqa yerga va osmonlar ham boshqa olamlarga aylanadigan kundadir. Hammasi yagona va qudratli Allohning huzurida paydo boʻladilar.
Qiyomatda tog‘larni oʻrnidan qoʻzg‘atib yurg‘izadigan va siz yerni tep-tekis holda koʻradigan kunni eslang! U kunda Biz ulardan birortasini qoʻymay toʻplagan boʻlamiz.
Yoʻldan ozganlarga esa doʻzax koʻrsatiladi.
Ular qabrlaridan tirilib chiqadigan qiyomat kunida Allohga ulardan biror narsa maxfiy boʻlib qolmaydi. Bu kunda podshohlik kimniki?! Albatta, yolg‘iz boʻlgan – Vohid va hammadan g‘olib – Qahhor Zot Allohnikidir.
Doʻzax har bir koʻradigan kishiga koʻrsatiladi.