Ular Hud payg‘ambarga: “Bizga vaʼz qilsang ham yoki vaʼz qiluvchilardan boʻlmasang ham baribir, senga itoat qilmaymiz”, – dedilar.
There are 25 verses derived from the masdar-o'zak و ع ظ you searched for.
va bir nasihat, sizga nasihat berish uchun, berilgan bir nashatdir, bir nasihat, va nasihatdir, nasihat bering, sizga nasihat beryapti, va ularga nasihat ber, nasihat berilgan, va nasihat
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular Hud payg‘ambarga: “Bizga vaʼz qilsang ham yoki vaʼz qiluvchilardan boʻlmasang ham baribir, senga itoat qilmaymiz”, – dedilar.
Luqmon oʻg‘liga nasihat qilib: “Ey oʻg‘ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk katta zulmdir”, – deganini eslang.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Men sizlarga faqat bitta narsani nasihat qilaman. Xolis Alloh uchun ikkita-ikkita va bitta-bitta turib, bir fikr qilib koʻringlar. Sohibingiz Muhammadda hech qanday jinnilik yoʻq. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantiruvchi payg‘ambardir, , xolos”, – deb ayting.
Oʻz xotinlarini “zihor” qilib, soʻngra aytgan soʻzlaridan qaytadigan kimsalarning zimmasida ayollariga qoʻshilishlaridan oldin bir qul ozod qilish kerak. Bu sizlarga qilinadigan nasihatdir. Alloh qilayotgan barcha amallaringizdan xabardordir.
Bas, qachonki, idda muddatlariga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan mahrlarini berib ajrashinglar. Shuningdek, yarashayotgan yoki ajralishayotganda oʻzlaringizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado qilinglar. Bu hukmdan faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchi kishi pand-nasihat oladi. Kim Allohga taqvo qilsa, unga tashvishlardan chiqish yoʻlini paydo qiladi.