Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
There are 4 verses derived from the masdar-o'zak و ق ف you searched for.
to'xtatilgan, qamalgan, va to'xtating ularni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
Ey Rasulim, Vaqtiki, Robbilari huzurida toʻxtatib turilganda Alloh ularga: “Mana bu qayta tirilish haq emas ekanmi?!” – deganini koʻrsang edi. Ular: “Robbimizga qasamki, ha, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, kufr keltirganingiz sababli shu azobni totinglar”, – deydi.
Kufr keltirgan kimsalar: “Biz bu Qurʼonga ham, undan oldingi kitoblarga ham aslo iymon keltirmaymiz”, – dedilar. Ey Rasulim, agar siz oʻsha zolim kimsalarni qiyomat kuni Robbilari huzurida tik turg‘izib qoʻyilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini koʻrsangiz edi?! Oʻshanda zaif hisoblangan kimsalar mutakabbir kimsalarga: “Agar sizlar boʻlmaganingizda, bizlar, albatta, moʻminlardan boʻlar edik”, – deydilar.
Allohdan buyruq boʻlguncha ularni doʻzaxga tashlamay toʻxtatib turinglar. Chunki ular dunyodagi qilmishlari toʻg‘risida soʻraluvchidirlar.