Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
There are 28 verses derived from the masdar-o'zak ي ق ن you searched for.
qat'iy ishondilar, bilishni istagan, yaqinan, yaxshi biluvchi, ishonadiganlar-, qat'iy ravishda ishonadiganlar, yaqin, haqiqatan ishonadigan kishilar, qat'iy ravishda ishonadilar, iqror bo'lgan holda
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Hamda u iymonli kimsalar siz Muhammadga tushirilgan Qurʼonga va sizdan oldingi payg‘ambarlar uchun nozil qilingan kitoblarga ham iymon keltiradilar. Shuningdek, ular oxirat kuniga ham aniq ishonadilar.
Bilmaydigan nodon kimsalar: “Alloh bizlarga toʻg‘ridan-toʻg‘ri gapirsa yoki bizga biror-bir alomat kelsa edi”, – deydilar. Ulardan burungilar ham xuddi ularning gaplariga oʻxshash gaplarni aytgandilar. Ularning fikru xayollari, qalblari bir-birlarinikiga oʻxshaydi. Biz barcha alomat va oyatlarni toʻliq ishonadigan odamlar uchun bayon qilib berganmiz.
Hamda Allohning payg‘ambari boʻlgan Maryam oʻg‘li Iso Masihni, albatta, biz oʻldirdik deb aytgan asossiz gaplari tufayli jazoladik. Holbuki, uni oʻldirmadilar ham, xochga ham osmadilar, faqat ularning koʻziga osiy bir odam oʻxshatib qoʻyildi. Aslida Iso payg‘ambar mavzusida talashib yurgan kimsalar u haqida oʻzlari ham gumon ichida qolgandirlar. Ularda bu ishning haqiqati borasida hech qanday bir ilm yoʻq boʻlib, faqatgina gumonlarga ergashadilar. Uni oʻldirmaganlari aniqdir.
Yoki johiliyat davrining hukmlarini xohlaydilarmi? Chindan ham ishongan qavmlar uchun Allohdan koʻra kimning hukmi yaxshiroqdir?!
Shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan boʻlishi uchun osmonlar va Yerning ulkan saltanatini koʻrsatamiz.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Hamda oʻlim deb ataluvchi mutlaq haqiqat yaqin kelguncha Robbingizga ibodat qilavering.
Muso unga: “Agar ishonadigan boʻlsangiz, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisidir”, – dedi.
Ular namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
Oʻzlari aniq bilgan boʻlsalar ham, zulm va kibrga berilib, u moʻʼjizalarni inkor qildilar. Endi ey Muhammad, buzg‘unchilarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.
Soʻng uzoq vaqt oʻtmasdan hudhud kelib: “Men sen bilmagan narsalardan ogoh boʻldim va senga Sabaʼ shahridan ishonchli xabar keltirdim”, – dedi.
Qiyomat oldidan kofirlarning ustiga aytilgan azob tushganida Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. Jonivor ularga odamlar oyatlarimizga aniq ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi.
Bas, ey Muhammad, ularning ozorlariga sabr qiling. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Oxiratga ishonmaydigan kimsalar sizni sust deb hisoblamasinlar.
Ular namozni toʻliq ado etadigan, zakotni oʻz joyiga beradigan va oxirat kuniga aniq ishonadigan kimsalardir.
Agar siz, gunohkorlarni qiyomat kunida Robbilari huzurida boshlari egik hollarida turib: “Ey Robbimiz, vaʼdangning rost ekanligini koʻrdik va eshitdik, bas, bizlarni yana hayotga qaytar, bizlar endi yaxshi amal qilamiz. Endi, bizlar, albatta, qiyomat haq ekanligiga aniq ishonuvchimiz”, – deb yolvorishlarini koʻrsangiz edi!
Ular musibatlarga sabr qilishgach, Biz ulardan amrimiz bilan toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan rahnamolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga aniq ishonar edilar.
Agar haqiqatan ishonuvchi boʻlsangizlar, Robbingiz osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning ham Robbisidir.
Hamda sizlarning yaratilishingizda va Alloh yer yuziga tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun ibratli alomatlar bordir.
Bu oyatlar odamlar uchun ochiq-oydin koʻrsatmalardir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.
Qachonki, sizlarga: “Darhaqiqat, Allohning vaʼdasi rostdir, Qiyomat haqida shubha yoʻqdir”, – deyilsa, sizlar: “Biz qiyomat soati nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz qiyomat boʻlishiga aniq ishonuvchi emasmiz”, – degan edingiz.