Ey oʻg‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasi Binyaminni izlanglar va Allohning rahmatidan umidsiz boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlar noumid boʻladi.
There are 27 verses derived from the masdar-o'zak يُوسُف you searched for.
va Yusufga, Yusuf, Yusufni, Yusufga, Yusufning, Yusufim
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey oʻg‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasi Binyaminni izlanglar va Allohning rahmatidan umidsiz boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlar noumid boʻladi.
Nihoyat Yusuf akalarini bunday og‘ir holatda koʻrgach toqat qila olmay: “Johil boʻlgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni bilasizlarmi?” – dedi.
Ular dahshatga tushib: “Sen oʻsha Yusufmisan?” – deb soʻradilar. Yusuf ularga qarab: “Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Darhaqiqat, Alloh bizni yana birlashtirib marhamat qildi. Albatta, kimda-kim Allohdan qoʻrqsa va sabr qilsa, shubhasiz, Alloh xayrli ish qiluvchilarning ajrini yoʻqqa chiqarmaydi”, – dedi.

Karvon Misrdan yoʻlga chiqishi bilan otalari Yaʼqub payg‘ambar yonidagilarga: “Meni aqldan ozgan demanglar-u, lekin shubhasiz, men oʻg‘lim Yusufning hidini sezyapman”, – dedi.
Bas, qachonki manzilga yetib Yusufning huzuridagi chodirga kirganlarida, u oʻzini ota-onasining quchog‘iga otdi va: “Allohning xohishi bilan Misrga omonlikda kiringlar”, – dedi.
Darvoqe, oldin Yusuf sizlarning ajdodlaringizga aniq hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirilgan dalillarga shak keltirib, qattiq turib olgan edingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: “endi, Yusufdan soʻng Alloh aslo payg‘ambar yubormaydi”, – dedingiz. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi kimsalarni Alloh mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi.