Balki, endi shukr qilasizlar deb, yashin taʼsiridan oʻlganingizdan keyin ham sizlarni yana qayta tiriltirdik.
There are 67 verses derived from the masdar-o'zak ب ع ث you searched for.
sizni qayta tiriltgan edik, yubor, keyin yubordi, yubordi, tiriltdi, yuborish bilan, yuboring, va yuborgan edik, shu payt yubordi, tiriltiladi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Balki, endi shukr qilasizlar deb, yashin taʼsiridan oʻlganingizdan keyin ham sizlarni yana qayta tiriltirdik.
Ey Robbimiz, u ummatlarning orasidan oyatlaringni oʻqib beradigan, ularga kitob va hikmatni oʻrgatadigan hamda ularni gunohlardan tozalaydigan bir elchini yubor. Shubhasiz, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
Odamlar oldin bir ummat edilar, keyin ixtilofga tushib ayrilib ketdilar. Shundan soʻng Alloh jannat bilan xushxabar beruvchi va oxirat azobidan ogohlantiruvchi payg‘ambarlarni yubordi. Ular bilan birga insonlar ixtilofga tushgan hollarida oralarida adolat bilan hukm qilishi uchun haq boʻlgan kitobni nozil qildi. Ochiq-oydin dalillar kelganidan keyin esa, kitob berilgan qavmlar oʻzaro hasad qilib u haqida tortishdilar. Alloh iymon keltirganlarni esa Oʻz izni bilan ular tortishgan va erisha olmagan haq yoʻlga hidoyat qildi. Alloh Oʻzi istagan kimsani toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi.
Ey Rasulim, bani Isroil avlodlarining Muso payg‘ambardan keyingi nufuzli jamoasi haqidagi xabarlarini eshitib koʻrmadingizmi? Oʻshanda ular payg‘ambarlariga qarata: “Bizlarga bir podshoh tayin qilib yuborgin va biz u bilan birga Alloh yoʻlida jang qilaylik”, – degan edilar. Payg‘ambar ularga: “Balki, sizlarga urush farz qilinib yozilsa, jangga chiqib urush qila olmassiz”, – degan edi. Ular: “Yurtimizdan haydab chiqarilgan va farzandlarimizdan ajralib qolganmiz-ku, nima uchun Alloh yoʻlida jang qilmas ekanmiz?” – deb aytganlar. Vaqtiki, ularga urush farz qilingach oz kishi mustasno, qolganlari bu ishdan yuz oʻgirdilar. Alloh zolim kimsalarni bilib turuvchi Zotdir.
Shundan soʻng payg‘ambarlari ularga: “Alloh sizlarga Tolut ismli kishini podshoh tayin qilib yubordi”, – dedi. Ular esa: “U bizning ustimizga qanday qilib hukmron boʻla oladi? Vaholanki, podshohlikka undan koʻra biz haqliroqmiz. Uning ustiga Tolutga mol-davlatdan moʻl-koʻl berilmagan boʻlsa?!” – deb aytdilar. Payg‘ambar ularga: “Shubhasiz, Alloh uni sizlarning ustingizga podshoh qilib tanladi hamda uning ilmiy va jismoniy tomondan quvvatini orttirdi”, – deb javob qaytardi. Alloh mulkini Oʻzi istagan kimsaga beradi. Shuningdek, Alloh fazlu karami keng boʻlgan – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Yoki yana boshqa bir kishi haqidagi xabarni bilmaysizmi? U kimsa tomlari bosib vayronaga aylangan va huvillab qolgan bir qishloqdan oʻtib ketayotganda oʻziga oʻzi: “Alloh xarobaga aylanib oʻlgandan keyin bu qishloq aholisini qanday qilib qayta tiriltirarkin-a?!” – dedi. Shunda Alloh uni oʻldirib, yuz yil muddatga shu holda tashlab qoʻydi. Yuz yildan keyin uni qayta tiriltirib: “Necha yil shu oʻlik holda yotding?” – dedi. U esa: “Bir kun yoki yarim kun”, – deb javob berdi. Alloh unga: “Yoʻq, sen yuz yil oʻlik holda yotding. Ana taoming va ichimligingga qaragin, buzilib oʻzgarmagan. Endi eshagingga qara, chirib yotibdi. Bunday hodisani koʻrsatishdan maqsad seni insonlarga ibrat qilib koʻrsatishdir. Bu suyaklarni qanday qilib tiklab, keyin ularga goʻsht qoplab, kiydirishimizni koʻrgin”, – dedi. Unga Allohdan boʻlgan moʻʼjiza ochiq-oydin maʼlum boʻlgach: “Albatta, Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zot ekanini bilaman”, – dedi.
Darhaqiqat, Alloh oʻzlarini ichidan ularga oyatlarini oʻqib beradigan, shirk va gunohlardan tozalaydigan, kitob va hikmatdan taʼlim beradigan Payg‘ambar yuborib, moʻminlarga neʼmat berdi.
Agar u er-xotinlarning oralari buzilib ketishidan qoʻrqsangiz, unda er tarafidan bir hakam, ayol tarafidan bir hakam tayinlab yuboring. Agar ikki taraf ham sulh qilishni istasa, Alloh ikkovi orasiga ittifoqlikni soladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Haqiqatan, Alloh bani Isroil avlodlarining qatʼiy ahdu paymonini oldi. Biz ularning orasidan oʻn ikki boshliqni tanlab yubordik. Shunda Alloh ularga: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Agarda namozlarni toʻla toʻkis ado etsangiz, zakot bersangiz, Rasullarimga iymon keltirsangiz, ularga yordam bersangiz, Alloh yoʻliga chiroyli qarz bersangiz, shunda sizlarning gunohlaringizdan oʻtaman va tagidan anhorlar oqib turuvchi jannatlarga kirgizaman. Shundan keyin ham kimki kufr keltirsa, shubhasiz, toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻladi.
Shundan keyin nima qilishni bilmay turganda, Alloh unga birodarining murdasini qanday koʻmishni koʻrsatish uchun yerni titayotgan bir qarg‘ani yubordi. Bu holni koʻrib: “Holimga voy boʻlsin, shu qarg‘achalik boʻlishdan ham ojiz qolib, birodarimning murdasini koʻma olmadim-a?!” – deb, qilgan ishiga nadomat qiluvchilardan boʻldi.
Hamda ular: “Hayotimiz faqat shu dunyodan iboratdir va bizlar qayta tiriltirilmaymiz”, – der edilar.
Sizni, faqat chin dildan eshitadiganlar qabul qiladilar. Qalbi oʻlik kofirlarni esa Alloh, albatta, tiriltiradi va Uning huzuriga qaytariladilar.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.
Ey Rasulim, ularga qarata: “U sizlarning ustingizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni turli guruhlarga aralashtirib, bir-biringizning mashaqqatingizni tottirishga ham qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Qarang, fahmlay olsinlar deb, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz.
Shundan keyin iblis: “Menga odamlar qayta tiriladigan qiyomat kunigacha yashashga muhlat ber”, – dedi.
Keyin ularning ortidan Musoning payg‘ambar ekanini isbotlovchi oyatlarimiz bilan birga firʼavn va uning aʼyonlariga yubordik. Bas, ular ham itoat qilmay, bu oyatlarimizni inkor qilib, zulm qildilar. Mana buzg‘unchilarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.
Ana oʻshanda Robbingiz ularning ustiga to qiyomat kunigacha ularni yomon azob bilan jazolaydigan kimsalarni, albatta, yuborib turishini bildirgan edi. Shubhasiz, Robbingizning azobi kofirlar uchun shitob bilan keluvchidir. Shubhasiz, U moʻminlar uchun gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Agar ular chindan ham jangga chiqishni xohlaganlarida, uning uchun tayyorgarlik qilib qoʻygan boʻlar edilar. Lekin Alloh jihodga chiqishlarini xushlamay, ularni dangasa qilib qoʻydi. Oʻzlaridan boʻlgan kimsalar tarafidan: “Ayollar, yosh bolalar va qariyalar kabi oʻtirib qolganlar bilan oʻtiraveringlar”, – deyildi.
Soʻngra undan keyin ham koʻplab payg‘ambarlarni oʻz qavmlariga yubordik. Bas, payg‘ambarlar ularga ochiq-oydin hujjatlarni keltirdilar. Ular esa shunda ham oldindan yolg‘onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Tajovuzkorlarning qalblariga shunday qilib tamg‘a bosib qoʻyamiz.
Soʻngra ularning ortidan moʻʼjizalarimiz bilan Muso bilan Horun payg‘ambarni firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, ular ham iymon keltirmay kibrlandilar va jinoyatchi qavm boʻldilar.