Allohning izni bilan Uning diniga daʼvat qiluvchi va haq yoʻlni koʻrsatuvchi nurli chiroq qilib ham yubordik.
There are 102 verses derived from the masdar-o'zak أ ذ ن you searched for.
quloqlari, izni bilan, iznidan, o'z izni bilan, Uning izni, bilinglar, izni, faqat izni bilandir, quloqlarini, va quloqqa
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Allohning izni bilan Uning diniga daʼvat qiluvchi va haq yoʻlni koʻrsatuvchi nurli chiroq qilib ham yubordik.
Ey iymon keltirganlar, Payg‘ambarning uylariga faqat sizlarni biror taomga chaqirilsagina ruxsat bilan kiringlar. Oʻshanda ham uning pishishiga muntazir boʻlmaydigan holda kiringlar. Lekin chaqirilganingizda kiring va taomdan soʻng gapga berilib ketmay, darhol tarqalinglar. Chunki bu Payg‘ambarga ozor beradi, u esa sizlardan tortinadi. Alloh esa haq gapdan tortinmaydi. Agarda sizlar Payg‘ambarning ayollaridan biror narsa soʻrasangiz, parda ortidan soʻranglar. Mana shu sizlarning qalblaringiz va ularning qalblari uchun ham eng toza ishdir. Sizlar uchun Allohning Payg‘ambariga ozor berish va undan keyin ayollariga uylanishingiz umuman mumkin emasdir. Chunki bu ish Alloh nazdida ulkan gunohdir.
Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik masofani bosib oʻtadigan shamolni xizmatkor qilib qoʻydik va unga mis bulog‘ini oqizib qoʻydik. Hamda jinlardan ham Robbisining izni bilan uning qoʻl ostida ishlaydigan toifalarni boʻysundirib qoʻydik. Agar ulardan kim amrimizdan tashqari chiqsa, unga oʻt azobidan tottirib qoʻyardik.
Alloh huzurida faqat Oʻzi izn bergan kishilarning shafoatigina foyda beradi. Qachonki, ularga izn berilib, qalblaridan qoʻrquv ketkazilgach, bir-birlariga: “Robbingiz izn uchun nima dedi?” – deydilar. Ularga: “Haqni aytdi va shafoatga izn berdi. U barchadan oliy va ulug‘ Zotdir”, – deb javob aytadilar.
Soʻngra Biz bu kitobni Oʻz bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ularning orasida unga amal qilmay oʻz nafsiga zulm qiluvchi ham bor, ularning orasida oʻrtacha amal qiluvchi ham bor va ularning orasida Allohning izni bilan yaxshiliklarda oʻzib ketuvchilar ham bor. Qurʼonga voris boʻlish bu – Allohning ulug‘ marhamatidir.
Biz sizdan oldin ham koʻplab payg‘ambarlarni yuborganmiz. Ulardan sizga qissasini aytib berganimiz ham, yana ulardan sizga qissasini aytib bermaganimiz ham bordir. Hech bir payg‘ambarga Allohning iznisiz biror moʻʼjiza keltirish mumkin boʻlmaydi. Bas, qachonki, Allohning amri kelganda, haq bilan hukm chiqariladi va oʻshanda botil ish qilib yuruvchilar ziyon koʻradilar.
Kofirlar: “Qalblarimiz sen bizlarni unga daʼvat qilayotgan narsadan toʻsilgan, quloqlarimizda esa og‘irlik bordir va sen bilan bizlarning oʻrtamizda bir parda bordir. Bas, sen ishingni qilaver, biz ham oʻz ishimizni qiluvchimiz”, – dedilar.
Bordi-yu Biz uni arab tilida boʻlmagan ajamiy bir Qurʼon qilganimizda, albatta, ular: “Uning oyatlari oʻz tilimizda mufassal bayon qilinganida edi. Arabiy tilda soʻzlovchiga ajamiy kitob tushadimi?” – degan boʻlar edilar. Ey Muhammad, ularga: “Bu Qurʼon iymon keltirgan kimsalar uchun hidoyat va shifo manbaidir. Iymon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og‘irlik bor va bu Qurʼon ularga maʼnan koʻrlik omili boʻladi. Ular xuddi uzoq makondan chaqirilayotgan odamlardek”, – deb ayting.
Qiyomat soatining qachon boʻlishi haqidagi ilm Allohning Oʻziga qaytariladi. Barcha mevalarning gulkosalaridan chiqishi ham, bir ayolning nimaga homila boʻlishi ham, nimani tug‘ishi ham, faqat Uning ilmi bilan boʻladi. Qiyomat kunida U zot mushriklarga: “Oʻzingiz toʻqib olgan Mening sheriklarim qani?! – deb nido qiladi. Mushriklar: “Senga bildiramizki, oramizda sheriklaring borligiga birorta ham guvoh yoʻq”, – deydilar.
Balki ularning dindan Alloh ruxsat bermagan narsalarni ularga shariat qilib bergan sheriklari bordir?! Agar qiyomat kunida yaxshi va yomon amallar ajralishi xususidagi soʻz boʻlmaganida, albatta ularning oʻrtalarida shu dunyodayoq hukm qilingan boʻlar edi. Zolimlar uchun shubhasiz, alamli azob bordir.
Alloh insonga bevosita soʻzlashi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki farishtalarni elchi qilib yuborib gapiradi. Oʻz izni bilan xohlagan narsani vahiy qiladi. Albatta, U shaʼni ulug‘ – Aliy va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar boʻlib, ularning shafoatlari ham Alloh Oʻzi xohlagan va rozi boʻlgan kishilarga shafoat uchun izn bermaguncha foyda bermaydi.
Oʻzaro maxfiy suhbat faqat shayton tomonidan boʻlib, iymon keltirgan kimsalarni g‘amgin qilish uchundir. Lekin u Allohning iznisiz ularga zarar yetkaza oluvchi emasdir. Bas, moʻminlar faqat Allohga suyansinlar.
Ey iymon keltirganlar, sizlarning Banu Nazir xurmozorlaridan biror xurmolarni kesganingiz yoki oʻz tanalarida turgan holda qoldirganingiz faqat Allohning izni bilan va fosiqlarni sharmanda qilish uchun boʻldi.
Insonga biror musibat yetgan boʻlsa, albatta, u Allohning izni bilan yetadi. Kimki iymon keltirsa, Alloh uning qalbini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Alloh har bir narsani biluvchidir.
Biz buni sizlarga bir eslatma va anglovchi quloqlar fahmlab olishlari uchun ibrat qildik.
Darvoqe, har gal men ularni Sening mag‘firatingga chaqirsam, ular eshitmaslik uchun barmoqlarini quloqlariga tiqib, kiyimlariga oʻralib oladilar va oʻz kufrlarida qattiq turib oladilar hamda menga itoat qilishga kibr qiladilar.
Hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan kundir!
Ruh va barcha farishtalar saf tortib turadigan kunda odamlar gapirmaydilar, faqat Rahmon izn bergan kishigina soʻzlaydi hamda faqat rost gapiradi.
Bu bilan osmon oʻz Robbisining amriga quloq tutdi va shu amrga loyiq topildi.