Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradigan kimsalar, albatta, oʻz ustilariga ochiq boʻhton va gunohni olgan boʻladilar.
There are 24 verses derived from the masdar-o'zak أ ذ ي you searched for.
bir bezovtaligi, aziyatdir, va aziyat bermaganlarning, aziyat, va aziyat berish bilan, ranjitma, ranjituvchi, va qiynoqqanlar, ularga aziyat bering, zahmat cheksangiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Moʻmin va moʻminalarga, ular biror narsa qilmasalar ham ozor beradigan kimsalar, albatta, oʻz ustilariga ochiq boʻhton va gunohni olgan boʻladilar.
Ey Payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va moʻminlarning xotinlariga ayting, ustlariga yopinchiqlarini tashlab olsinlar. Mana shu ularning kim ekanliklari tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin uslubdir. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ey iymon keltirgan kimsalar, sizlar Muso payg‘ambarga ozor bergan kimsalar kabi boʻlmanglar! Bas, Alloh Musoni ular aytgan ayblardan oqladi. Muso Alloh nazdida obroʻli kishi edi.
Muso oʻz qavmiga: “Ey qavmim, nega sizlar menga Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambari ekanimni bilib turib, ozor berasizlar?” – deganini eslang. Bas, qachonki, ular haq yoʻlidan og‘gan edilar, Alloh ham ularning dillarini hidoyatdan burib qoʻydi. Zotan, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat qilmaydi.