Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
There are 14 verses derived from the masdar-o'zak ث و ي you searched for.
yetib boradigan joyi, turar joyingiz, yaxshi qara, menga qaradi, joyi, o'tirgan, bir joy, joylari, va borib turadigan joyingizni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Iloh ekanligi haqida dalil tushirmagani holda Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning qalblariga qoʻrquv solamiz. Oqibatda ularning borar joylari jahannamdir, zolimlarning borar joylari naqadar yomon joydir!
Alloh qiyomat kunida ularning barchasini toʻplab: “Ey jinlar jamoasi, insonlardan oʻzingizga og‘ganini koʻpaytirdingiz”, – deydi. Shunda ularning insonlardan boʻlgan doʻstlari: “Ey Robbimiz, bizlar oʻtkinchi dunyoda birimiz birimizdan foydalangan edi. Endi esa Oʻzing bizlarga tayin qilgan ajalimizga yetib keldik”, – deydi. Alloh ularga: “Sizlarning joyingiz doʻzax, endi u yerda qolasizlar. Faqat Alloh xohlagani bundan mustasnodir”, – deydi. Albatta, Alloh hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Misrda uni sotib olgan shahar hokimi Qitfir nomli kishi xotini Zulayhoga: “Unga yaxshilab joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki uni oʻg‘il qilib boqib olsak”, – dedi. Ana shunday qilib, Yusufni tushlarning taʼbirini qilishi uchun Misr yeriga joylashtirdik. Alloh Oʻz ishida g‘olibdir, lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Bas, endi u yerda mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringlar. Kibr qiluvchilarning joylari naqadar yomon!
Lekin Biz Musodan keyin, koʻp avlodlarni paydo qildik, bas, ularning umri choʻzilib ketdi va ular Musoga yuborilgan hukmlarni unutib yubordilar. Siz Madyan ahli orasida turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganingiz yoʻq. Lekin Biz hukmlarimizni odamlarga yetkazishingiz uchun sizni payg‘ambar qilib yuboruvchi boʻldik.
Allohga nisbatan yolg‘on toʻqigan yoki oʻziga kelgan haq Qurʼonni yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarning manzili jahannamda emasmi?
Axir, Alloh shaʼniga shirk va farzand nisbat berib yolg‘on soʻzlagan va rost Qurʼonni oʻziga kelgan ondayoq inkor qilgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Yoki jahannamda kofirlar uchun joy yoʻqmi?!
Qiyomat kunida Allohga nisbatan yolg‘on soʻzlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda koʻrasiz. Takabburlarning joyi jahannamda emasmi?!
Shunda ularga: “Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar u yerda mangu qolasizlar!” deyiladi. Bas, takabbur kimsalarning joylari naqadar yomondir!
Jahannam eshiklaridan u joyda mangu qoluvchi boʻlgan hollaringizda kiringlar. Bas, mutakabbirlarning borar joyi naqadar yomondir.
Endi, agar azobga sabr qila olsalar, mana, doʻzax ularning joyidir. Agar ortga qaytishni talab qilsalar, bas, ular ortga qaytariluvchilardan emaslar.
Albatta, Alloh iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalarni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritadi. Kufr keltirgan kimsalar esa dunyo lazzatlaridan foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichadilar va oxirida doʻzax ularning joylaridir.
Bas, ey Muhammad, Allohdan oʻzga iloh yoʻq ekanini biling va oʻz gunohingiz uchun hamda moʻmin va moʻminalarning gunohlari uchun mag‘firat tilang. Alloh sizlarning bu dunyodagi kezadigan joylaringizni ham, oxiratda qaytib boradigan joylaringizni ham biladi.